MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Аннотация
Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport
tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqotda
transport va axborot-kommunikatsiya sohalarining o‘zaro bog‘liqligi statistik va
empirik ma’lumotlar asosida baholandi. Olingan natijalar raqamli platformalar, aqlli
transport tizimlari va elektron hujjat aylanishi logistika xarajatlarini kamaytirganini va
yetkazib berish tezligini oshirganini ko‘rsatdi. Shuningdek, transport xizmatlari hajmi
va qo‘shilgan qiymatning o‘sishi raqamlashtirish jarayonlari bilan bevosita bog‘liqligi
aniqlangan. Tadqiqot yakunida transport tizimini raqamli transformatsiya qilish
mintaqaviy iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida
baholandi.
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar, transport tizimi, logistika, mintaqaviy rivojlanish, aqlli transport, eTIR, e-CMR, O‘zbekiston
Библиографические ссылки
- 1. UNECE, UNESCAP. Sustainable Transport Action Plan for Uzbekistan:
- Digitalisation of the Transport Sector. United Nations, Geneva, 2025. URL:
- https://unece.org/sites/default/files/2025-11/2503623_E_PDF_WEB.pdf
- 2. World Bank. Connecting to Compete 2023 - Trade Logistics in an Uncertain
- Global Economy. Washington, DC: World Bank Group, 2023. URL:
- https://www.worldbank.org/en/news/press-release/2023/04/21/world-bank-releaseslogistics-performance-index-2023
- 3. International Transport Forum. ITF Transport Outlook 2023. OECD
- Publishing, Paris, 2023. URL: https://www.itf-oecd.org/itf-transport-outlook-2023