BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI ORQALI MAHSULOTNING RAQAMLI PASPORTINI JORIY QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
Yevropa Ittifoqining Barqaror Mahsulotlar uchun Ekodizayn Reglamenti (ESPR) doirasida taklif etilgan Mahsulotning raqamli pasporti(MRP) konsepsiyasi mahsulotlarning butun hayotiy sikli davomida ekologik barqarorlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan. Ushbu maqolada MRP tizimining funksiyalari, afzalliklari hamda uni amalga oshirishda blockchain texnologiyasining tutgan oʻrni tahlil qilinadi. MRP mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni izchil va oʻzgartirib boʻlmas tarzda saqlashni, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida ishonchli axborot almashuvini taʼminlashni maqsad qiladi. Blockchain asosidagi yondashuvlar — jumladan tokenlashtirish, verifikatsiyalanadigan credentiallar, gibrid saqlash tizimlari va orakle mexanizmlari — MRPʼning ishonchliligi va funksionalligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, tizim joriy etilishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolar – texnologik murakkablik, normativ huquqiy muvofiqlik, shaxsiylik xavotirlari va ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlik ehtiyoji ham koʻrib chiqiladi. Maqola MRPʼning global barqarorlik va aylana iqtisodiyot maqsadlariga xizmat qiluvchi raqamli infratuzilma sifatida strategik ahamiyatini yoritadi.Библиографические ссылки
- European Commission. Proposal for Ecodesign for Sustainable Products Regulation (ESPR). Brussels, March 2022. https://eur-lex.europa.eu/legal- content/EN/TXT/?uri=CELEX:52022PC0142
- Tapscott D., Tapscott A. Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World. Penguin, 2016
- Treiblmaier H. Combining blockchain technology and the physical internet to achieve triple bottom line sustainability: A comprehensive research agenda for supply chain management. International Journal of Production Economics, 2020. DOI: 10.1016/j.ijpe.2020.107853
- CEPS. Implementing the EU Digital Battery Passport: Challenges and Recommendations. CEPS Policy Brief, March 2024. https://circulareconomy.europa.eu/platform/sites/default/files/2024-03/1qp5rxiZ- CEPS-InDepthAnalysis-2024-05_Implementing-the-EU-digital-battery-passport.pdf
Скачивания
Данные скачивания пока недоступны.