top of page

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

Oʻzbek (faqa lotin alifbosida), rus va ingliz tillarida ilmiy maqolalar qabal qilinadi. 

“Marketing” ilmiy, amaliy va ommabob jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga (amaliy va ommabob maqolalar uchun mazkur tatbib amal qilmaydi) qoʻyiladigan asosiy talablar jahon andozalardan kelib chiqadi.  

1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi ““Marketing” ilmiy, amaliy va ommabob jurnalining “;Jurnal boʻlimlar” nomli ruknida keltirilgan yoʻnalishlarning birortasiga mos kelishi shart.

2. Maqolalar asosan empirik tadqiqot, keys-stadi, adabiyotlar tahlili va sharh, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega boʻlishi lozim. 

3. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega boʻlishi lozim:

- Maqola mavzusi (Title)

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va loʻnda koʻrinishda 3 ta tilda shakllantirilgan boʻlib, maqolaning tadqiqot yoʻnalishini aniq ifoda etishi lozim.

- Maqola muallifi toʻgʻrisida maʼlumot (Author information)

Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ORCID raqami, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari 3 ta tilda kiritiladi (barcha maʼlumotlar qisqartmalarsiz toʻliq kiritilishi kerak).

- Maqola annotatsiyaci (Abstract)

Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 8-10 qatordan oshmagan holda oʻzbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qoʻllanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning toʻla mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

- Tayanch soʻzlar (Key words)

Tayanch soʻzlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit soʻzlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch soʻzlarning har biri asosiy matn tarkibida oʻrtacha 5-10-marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

- Kirish (Introduction)

Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda statistik raqamlarga murojat qilinishi tavsiya etiladi).

- Adabiyotlar sharhi (Literature review)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda maʼlum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. Oʻz mazmuniga koʻra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar boʻyicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi maʼlumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit soʻzlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).

- Metodologiya (Research Methodology)

Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri boʻlib, u oʻtkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yoʻli va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yoʻnalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, yaʼni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yoʻllari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obyektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi maʼlumot manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash boʻyicha ratsional qaror qabul qilish asosida qoʻyilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yoʻlni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yoʻlning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon boʻladi.

- Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yigʻilgan maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar boʻyicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining oʻz javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yoʻnalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.

- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (References)

Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning roʻyxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qoʻyiladi:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;

  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari

4. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda boʻlib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda boʻlishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (oʻng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning minimal hajmi 5 betdan kam boʻlmagan, maksimal hajmi cheklanmagan, biroq foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10 ta  manbadan koʻp boʻlishi lozim.

5. Maqolada albatta jadval, chizma yoki rasmlar boʻlishi shart. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq koʻrsatilishi lozim. Jadval, chizma yoki rasmlar maqolada bayon etilish ketma ketligi asosida raqamlanishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba boʻlib xizmat qiladi.

6. Maqolalar oʻzbek (lotin va kril alifbosida), rus, yoki  ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Kiril alifbosida taqdim etilganda  oʻ, gʻ, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida toʻliq yozilishi shart.  

7. Maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga taqdim etiladi va ushbu taqriz natijalari asosida chop etish masalasi boʻyicha tegishli qarorga kelinadi.

8. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

9. Keltirilgan talablar yakuniy emas, baʼzi maqolalar borasida Nashriyot qoʻshimcha maʼlumot soʻrash huquqini saqlaydi.

 

SHAKL

 

 

TIJORAT BANKLARIDA INVESTITSION KREDITLASH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA AUDITNING XUSUSIYATLARI

 

Kaxxarov Ulugʻbek Xalmatovich           -           albatta toʻliq yozish talab etiladi!!!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

mustaqil izlanuvchisi                                               ilmiy daraja va ilmiy unvon!

 

           Annotatsiya.

           Kalit soʻzlar:

 

           Annotatsiya.

           Klyuchevыe slova

 

           Abstract.

           Keywords:

           Kirish

           Adabiyotlar sharhi

           Metodologiyasi

           Tahlil va natijalar

          

           Jadval yoki diagramma

           Xulosa va takliflar

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.Akhtar, N., Syakir Ishak, M. I., Bhawani, S. A., & Umar, K. (2021). Various natural and anthropogenic factors responsible for water quality degradation: A review. Water, 13(19), 2660-2670. 

 

Eslatma: Foydalanilgan adabiyotlar bilan matn ichidagi  manba oʻzaro mos kelishi shart. [1] shaklda abzaslar raqamlanadi.

Maqola faqat lotin alifbosida qabul qilinadi.

bottom of page