Bayram tabrigi
- Marketing
- 8 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения

Hurmatli mualliflar!
Qadrli yurtdoshlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan barchangizni chin yurakdan tabriklaymiz!
8-dekabr – bu nafaqat davlatimiz mustaqilligi va taraqqiyotining asosiy kafolati boʻlgan asosiy Qomusimiz qabul qilingan kun, balki barcha fuqarolar uchun tenglik, erkinlik va adolat tamoyillariga tayangan buyuk qonun sanasidir.
Konstitutsiya – bu xalqimizning birdamligi, milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy tamoyillarning uygʻunligini oʻzida mujassam etgan huquqiy hujjatdir. U mustaqil Oʻzbekistonning har bir sohadagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Jurnalimiz jamoasi nomidan sizlarga tinchlik, farovonlik va yangi marralarni zabt etish yoʻlida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Konstitutsiya kuni barchamiz uchun yangi intilishlar va maqsadlar sari ilhom bagʻishlasin!
Qadriyatlarimiz abadiy, istiqbolimiz ravshan boʻlsin!
Hurmat bilan,
Marketing Jurnali tahririyati jamoasi!
Commentaires