top of page

Jo‘rayev Farrux Do‘stmirzayevich



AGROKLASTER TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI VA XUSUSIYATLARI

 

Jo‘rayev Farrux Do‘stmirzayevich Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTT,i.f.f.d., dotsentTel.: +998 97 310 90 82ORCID: 0009-0000-5657-9734

Annotatsiya

Agroklaster tizimining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati uning bir qator afzalliklarida yorqin namoyon bo‘ladi. Xususan, integratsiyalashgan, hamkorlikka asoslangan va resurslarni samarali boshqarishga yo‘naltirilganligi shular jumlasidandir. Maqolada agroklaster tizimining qishloq xo‘jaligi va sanoat bilan bog‘liq xususiyatlari, tizimni optimallashtirish zaruriyati va muammolari, optimallashtirishning asosiy masalalari, ustuvor yo‘nalishlari va ularning xususiyatlari bayon qilingan. Tadqiqot jarayonida agroklaster tizimini optimallashtirishda infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, texnologiya va innovatsiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyati, kooperatsiya va hamkorlikni kuchaytirishning ustuvor yo‘nalishlari, ahamiyati va xususiyatining mohiyati ochib berilgan. Bir qator omillarning ustuvorligi asoslangan. Xususan, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, energiya ta’minoti va texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini boshqarish va sug‘orish tizimlarini optimallashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, moliyaviy infratuzilmani kuchaytirish, innovatsiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyati, kooperatsiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish omillari tizimlashgan holdagina mavjud muammolarning kompleks yechimini topish mumkinligiga e’tibor qaratiladi. Bu esa klasterli tizimning xom-ashyoni yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli jarayonni qamrab olishini nazarda tutadi.

Kalit so‘zlar: agroklaster, qishloq xo‘jaligi, klasterlashtirilgan tizim, optimallashtirish, infratuzilma, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, texnologiya, innovatsiya, kadrlar salohiyati, kooperatsiya va hamkorlik.



Comentários


bottom of page