Joʻrayev Farrux Doʻstmirzayevich
- Marketing-10 son
- 7 янв.
- 1 мин. чтения

HUDUDLARDA ENERGIYA SARFI VA ELEKTR ENERGIYA ISTEʼMOLIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Joʻrayev Farrux Doʻstmirzayevich Iqtisodiyot va pedagogika universiteti iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, v.v.b. professor Doliyev Shoxabbos Qulmurot oʻgʻli Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali katta oʻqituvchisi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, mustaqil tadqiqotchi
E-mail: shokhabbos9109@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada hududlarda energiya sarfi va elektr energiya isteʼmoliga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Hududlar kesimida energiya va elektr energiyasi tizimini oʻrganish, tahlil qilish va ularni ekonometrik modellarini qurish dolzarbligi yoritilgan. Oʻzbekistonda maʼlum yillarda sohalar (ishlab chiqarish, qurilish, kon sanoati, transport va boshqalar) bo‘yicha energiya isteʼmoli koʻrsatkichlari statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilinib, energiya taʼminot tizimini ekonometrik modellarini qurish mumkinligi koʻrsatilgan. Bundan tashqari, uy xoʻjaliklarida energiya sifatida ishlatiladigan elektr energiya, tabiiy gaz, neft mahsuloti, birlamchi koʻmir va torf mahsulotlari isteʼmolining maʼlum yillar kesimida oʻsish foiz qiymatlari aniqlangan.
Kalit soʻzlar: elektr energiya, energiya taqsimoti, tabiiy gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, torf, uy xoʻjaligi, ekonometrik tahlil, neft mahsulotlari.
Comments