Qutlimurotov Fayzullo Sadulayevich
- Marketing jurnali, 2025 yil 2-son
- 5 мар.
- 3 мин. чтения

OʻZBEKISTONDA TUROPERATORLAR FAOLIYATIDA MARKETINGNI TAKOMILLASHTIRISH
Qutlimurotov Fayzullo Sadulayevich
“Alfraganus University” nodavlat oliy taʼlim
tashkiloti, Xalqaro turizm menejmenti kafedrasi
Katta oʻqituvchisi
E-mail: fayzula2023@mail.ru
Annotatsiya
Ijtimoiy hayotga XXI asr axborotlar asri boʻlib kirib keldi. Mamlakatlar oʻrtasida axborot almashinuvi yuqori darajada tezlashdi, iqtisodiy rivojlanish oxirgi yigirma yillikda oldingi yillarga qaraganda bir necha bor tezlashdi. Bunday tez rivojlanish turizm sohasini ham chetda qoldirmadi. Turizm sohasida texnologik innovatsiyalarni qoʻllash orqali yetakchi mamlakatlar yuqori darajada daromad olishmoqda.
Hozirgi globallashuv sharoitida turoperator tashkilotlari oʻzaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisholmaydi. Mamlakatimizda turistik imkoniyatlarni kengaytirishda turoperator tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida boʻlgani kabi, turizm sohasida ham yetakchi rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda jahondagi keskin oʻzgarishlarga moslasha oladigan zamonaviy turizm sohasini rivojlantirishda xususiy tashkilotlar subyektlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad – dunyo mamlakatlari bilan mustaqil yurtimiz oʻrtasidagi oʻzaro ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirishda rivojlangan turizm sohasidan samarali foydalanishdir. Ushbu keys tadqiqotining maqsadi mamlakatimiz turizmi sohasidagi oʻzgarishlarni hamda tashrif buyurayotgan turistlarning motivatsiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi turoperatorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan turistik firmalarning zamonaviy faoliyatlarini oʻrganishdan iborat. Tadqiqotda mamlakatimizga tashrif buyurgan 30 nafar xorijiy turistlarning intervyularidan maʼlumot toʻplash uchun sifat parametrlarini oʻrganish usulidan foydalanildi.
Kalit soʻzlar: turoperator, turagent, tur-marshrut, turistik resurslar, joylashtirish obyektlari, transport xususiyatlari, motivatsiya, turist, sayohat.
Аннотация
XXI век вошёл в общественную жизнь как эпоха информации. Обмен информацией между странами значительно ускорился, а экономическое развитие за последние двадцать лет произошло в несколько раз быстрее, чем в предыдущие годы. Такое стремительное развитие не обошло стороной и туристическую отрасль. Ведущие страны получают высокий доход, используя технологические инновации в сфере туризма.
В условиях современной глобализации туроператорские организации не могут добиться значительного прогресса без взаимной интеграции. Развитие деятельности туроператоров играет ведущую роль в расширении туристических возможностей в нашей стране, так же как и в других секторах экономики. Развитие современной туристической индустрии в Узбекистане, способной адаптироваться к резким изменениям в мире, имеет огромное значение, а субъекты частного бизнеса играют в этом процессе ключевую роль.
Основная цель этих реформ – эффективное использование развитой туристической отрасли для стабилизации взаимных социальных и экономических отношений между нашей независимой страной и остальным миром. Данное исследование направлено на анализ изменений в туристической сфере нашей страны, а также изучение современных методов деятельности туристических фирм, занимающихся туроператорской деятельностью и оказывающих положительное влияние на мотивацию туристов. В исследовании использовался метод качественного анализа, в рамках которого были собраны данные на основе интервью с 30 иностранными туристами, посетившими нашу страну.
Ключевые слова: туроператор, турагент, туристический маршрут, туристические ресурсы, объекты размещения, особенности транспорта, мотивация, турист, путешествие.
Abstract
The 21st century has entered social life as the age of information. The exchange of information between countries has accelerated significantly, and economic development over the last two decades has been several times faster than in previous years. This rapid development has also had an impact on the tourism sector. By applying technological innovations in the tourism industry, leading countries are achieving high revenues.
In the current era of globalization, tour operator organizations cannot achieve any significant progress without mutual integration. The development of tour operator activities plays a leading role in expanding tourism opportunities in our country, just as in other sectors of the economy. The development of a modern tourism industry in Uzbekistan that can adapt to rapid global changes is of great importance, and private sector entities play a crucial role in this process.
The main goal of these reforms is to effectively utilize the developed tourism industry to stabilize mutual social and economic relations between our independent country and the rest of the world. This case study aims to analyze the changes in the tourism sector of our country and examine the modern operations of tour operator firms that positively influence the motivation of visiting tourists. The study employs a qualitative research method, collecting data through interviews with 30 international tourists who have visited our country.
Keywords: tour operator, travel agent, tour itinerary, tourism resources, accommodation facilities, transport characteristics, motivation, tourist, travel.
Kommentare