Urazbayev Raxmatjon Otajanovich
- Marketing jurnal 3 son 2025-yil
- 7 апр.
- 2 мин. чтения

KOʻP OʻLCHOVLI KAMBAGʻALLIK INDEKSINI HISOBLASH BOʻYICHA ALKIRE-FOSTER USULI VA TAVSIYALARI
Urazbayev Raxmatjon Otajanovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Statistika agentligi,
Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi
E-mail: r.urazbaev@stat.uz
Annotatsiya
Ushbu maqolada koʻp oʻlchovli kambagʻallik indeksini hisoblash boʻyicha Alkire–Foster usulining mohiyati va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Alkire–Foster usuli koʻp oʻlchovli kambagʻallikni aniqlashda bir qator ijtimoiy va iqtisodiy omillarni birlashtirgan holda, faqat daromadga asoslangan yondashuvni kengaytiradi va shaxslarning turmush sharoitlarining kompleks baholanishini taʼminlaydi. Ushbu usul kambagʻallikning turli oʻlchovlarini – taʼlim, sogʻliq, turar joy, yashash sharoitlari va boshqa ijtimoiy faktorlarga asoslangan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda, kambagʻallikning chuqurligi va kengligini aniqlashga yordam beradi.
Maqolada Alkire–Foster usulining hisoblash bosqichlari, asosiy tamoyillari hamda kambagʻallikni oʻlchashdagi afzalliklari koʻrsatilgan. Shuningdek, bu usulning statistik tahlil qilishdagi qoʻllanilishi, uning xatoliklar va noaniqliklarni kamaytirishdagi roli hamda jahon miqyosida keng tarqalgan statistik tasniflar bilan solishtirish usullari bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: Alkire–Foster usuli, BMT Taraqqiyot Dasturi, koʻp oʻlchovli kambagʻallik indeksi, Avtofokus usuli, kambagʻallik chegarasi.
Аннотация
В статье анализируется сущность и эффективность метода Алкира-Фостера для расчета индекса многомерной бедности. Метод Алкира-Фостера расширяет подход, основанный только на доходе, путем интеграции ряда социальных и экономических факторов при определении многомерной бедности и обеспечивает комплексную оценку условий жизни людей. Этот метод помогает определить глубину и масштабы бедности, принимая во внимание различные измерения бедности — показатели, основанные на образовании, здравоохранении, жилищных условиях, условиях жизни и других социальных факторах.
В статье изложены этапы расчета, основные принципы и преимущества метода Алкира-Фостера при измерении бедности. В нем также описывается применение этого метода в статистическом анализе, его роль в снижении ошибок и неопределенностей, а также методы его сравнения с широко используемыми статистическими классификациями во всем мире.
Ключевые слова: метод Алкира-Фостера, ПРООН, многомерный индекс бедности, метод Автофокуса, черта бедности.
Abstract
The article analyzes the essence and effectiveness of the Alkire-Foster method for calculating the multidimensional poverty index. The Alkire-Foster method extends the income-only approach by integrating a number of social and economic factors in determining multidimensional poverty and provides a comprehensive assessment of peopleʼs living conditions. This method helps to determine the depth and extent of poverty, taking into account various poverty dimensions — indicators based on education, health, housing, living conditions and other social factors.
The article outlines the calculation steps, basic principles and advantages of the Alkire-Foster method in measuring poverty. It also describes the application of this method in statistical analysis, its role in reducing errors and uncertainties, and methods for comparing it with widely used statistical classifications around the world.
Keywords: Alkire-Foster method, UNDP, multidimensional poverty index, Autofocus method, poverty line.
Comments