top of page

Xoʻjayev Fazliddin Elmurodovich




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

 

Xoʻjayev Fazliddin Elmurodovich

“Biznes boshqaruvi” kafedrasi dotsenti, PhDF.Xujaev@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tovar va mahsulotlar dinamik aylanmasining asosiy tendensiyalari — globallashuv va integratsiya boʻlib, ular tufayli chet el mamlakatlari va xalqaro bozorlarda oʻz oʻrnini topish imkoniyati, yaʼni chegaralarsiz harakatlanish borgan sari soddalashib bormoqda. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida integratsion guruhlarga birlashgan davlatlarning iqtisodiy oʻsishining jadallashuvi xalqaro aloqalarning intensivlashtirilishiga, savdo hajmi va yuk aylanmasining quvvatini oshirishga turtki boʻlmoqda, bu esa oʻz navbatida transport tarmoqlarining rivojlanishiga olib keladi. Xalqaro yuk tashuvlarini optimallashtirish mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, savdo hajmi va raqobatbardoshlikning oʻsishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda barcha mamlakatlar oʻz transport tizimlari va transport xizmatlari bozorini integratsiya qilish borasida jadal ish olib bormoqda.

Kalit soʻzlar: mahsulotlar dinamik aylanmasi, transport infratuzilmasi rivojlanishi, yuk aylanmasi, yoʻlovchi aylanmasi, transport integratsiyasi, yuklarni tashish jarayoni, yuqori texnologiyali transport vositalari, mamlakatlarning transport tizimi, xalqaro aloqalar.

Abstract

This article examines the main trends in the dynamic turnover of goods and products under modern economic conditions: globalization and integration. These trends facilitate opportunities to establish a presence in foreign countries and international markets, simplifying borderless movement. The acceleration of economic growth in countries that have joined integration groups to foster economic relations has intensified international connections, increased trade volumes, and enhanced freight turnover, which, in turn, has contributed to the development of transport networks.Optimizing international freight transportation creates a foundation for strengthening economic relations between countries, boosting trade volumes, and enhancing competitiveness. Today, all countries are actively working on integrating their transport systems and transport service markets.

Key words: dynamic turnover of goods, development of transport infrastructure, freight turnover, passenger turnover, transport integration, freight transportation process, high-tech vehicles, transport systems of countries, international relations.

 

 

Аннотация

В данной статье рассматриваются основные тенденции динамического оборота товаров и продукции в современных экономических условиях, такие как глобализация и интеграция. Эти тенденции способствуют расширению возможностей для закрепления позиций на зарубежных рынках и упрощению передвижения без границ. Ускорение экономического роста в странах, вступивших в интеграционные объединения с целью развития экономических связей, приводит к интенсификации международных отношений, увеличению объемов торговли и грузооборота, что, в свою очередь, способствует развитию транспортных сетей. Оптимизация международных грузоперевозок создает основу для развития экономических отношений между странами, увеличения объемов торговли и повышения конкурентоспособности. В настоящее время все страны активно работают над интеграцией своих транспортных систем и рынков транспортных услуг.

Ключевые слова: динамический оборот товаров, развитие транспортной инфраструктуры, грузооборот, пассажирооборот, транспортная интеграция, процесс перевозки грузов, высокотехнологичные транспортные средства, транспортные системы стран, международные связи.

KIRISH

Butun dunyoda iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir vaqtda mamlakatlar oʻrtasidagi tovarlar va xizmatlar almashinuvi soddalashib, transport tarmoqlari va savdo hajmlarining oʻsishi uchun imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Xalqaro yuk tashuvlari va transport tizimlarining rivojlanishi globallashuv va integratsiyaning bevosita natijasi sifatida qaraladi. Mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar va savdo hajmi oʻsishi bilan transport tarmoqlari ham rivojlanadi, bu esa iqtisodiyotning jadal oʻsishini taʼminlaydi.Xalqaro yuk tashuvlarining optimallashtirilishi nafaqat savdo hajmini oshirishga, balki mamlakatlarning raqobatbardoshligini kuchaytirishga ham yordam beradi. Bu, ayniqsa, yangi bozorlarga kirish imkoniyatlari yaratish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhimdir. Bu tendensiya iqtisodiy aloqalar va xalqaro bozorlar oʻrtasidagi interaktivlikni oshirmoqda. Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish muhim tadqiqot yoʻnalishidir.



Comments


bottom of page