“MAHALLA YETTILIGI” TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING IJTIMOIY AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Mahalla yettiligi” tizimining raqamli transformatsiyasi va uning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) mahallaviy boshqaruv tizimlariga joriy etilishi boshqaruv samaradorligini oshirish, shaffoflikni taʼminlash hamda fuqarolar bilan interaktiv muloqotni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, raqamlashtirilgan mahalla tizimlari orqali aholining muammolari tezkor aniqlanadi, xizmatlar esa shaffof va samarali tarzda taqdim etiladi. Maqolada Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyotlar asosida “Mahalla yettiligi” tizimida DESI (Digital Economy and Society Index) modeli boʻyicha baholash usuli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, mazkur tizim hozirda 58 % tayyorgarlik darajasiga ega boʻlib, uni toʻliq integratsiya qilish va rivojlantirish zarurati mavjud. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmani takomillashtirish, elektron davlat xizmatlarini kengaytirish, AKT savodxonligini oshirish, sunʼiy intellekt hamda Big Data texnologiyalaridan foydalanish strategiyalari taklif etiladi. Ushbu maqolada mahallalarni aqlli boshqaruv tizimiga oʻtish imkoniyatlari oʻrganilgan va mahallaviy boshqaruvni zamonaviy raqamli yechimlar bilan takomillashtirish boʻyicha ilmiy yondashuv taqdim etilgan.
Kalit so'zlar
raqamli transformatsiya, mahalla boshqaruvi, Mahalla yettiligi, AKT, DESI indeksi, raqamli infratuzilma, elektron xizmatlar, sunʼiy intellekt, Big Data, shaffoflik, fuqarolik muloqoti, elektron hukumat, maʼlumotlar almashinuvi, innovatsion boshqaruv, raqamli iqtisodiyot
Adabiyotlar ro'yxati
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 -yil 18-may 292- son “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin -qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini taʼminlash chora -tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori. https://www.lex.uz/docs/ -6931871
- Nadoleanu, G., Stăiculescu, A. R., & Bran, E. (2022). The Multifaceted Challenges of the Digital Transformation: Creating a Sustainable Society. Postmodern Openings, 13(1Sup1), 300-316. DOI: 10.18662/po/13.1Sup1/428 https://doi.org/10.18662/po/13.1Sup1/428.
- Islam, M. A., & Bhuiyan, M. R. I. (2023). Digital Transformation and Society. Centennial Book Project, University of Dhaka. SSRN: 4604376 https://ssrn.com/abstract=4604376 .
- Lopes, N., Rao, H.R., McKenna, S.A., Yang, S., Estevez, E., & Nielsen, M. (2023). Pannel: Digital Transformation Impact on Society. Digital Transformation Colab, Portugal.
- Lynn, T., et al. (2022). Digital Technologies and Civil Society. In Digital Towns (Chapter 5). Springer. DOI: 10.1007/978 -3-030-91247 -5_5 https://doi.org/10.1007/978 -3-030-91247 -5_5.
- Demura, N.A., & Putivtseva, N.P. (2021). Цифровизация: сущность и роль в развитии национальной экономики. Научный результат. Экономические исследования, 7(1), 22-31. DOI: 10.18413/2409 -1634 -2021 -7-1-0-3 https://doi.org/10.18413/2409 -1634 -2021 -7-1-0-3.
- Xusanov, U. (2024). Yangi kelajak uchun raqamli texnologiyalarni qamrab olish: imkoniyatlar va muammolar. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 3(2024), 187-192.
- Russo, F. (2023). Digital Society is a Choice. Digital Society, 2(11). Springer. DOI: 10.1007/s44206 -023-00042 -6 https://doi.org/10.1007/s44206 -023- 00042 -6.
- Poʻlatov, M. E., & Nizomov, M. (2024). Raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy texnologiyalarning tutgan oʻrni va ahamiyati. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, Dekabr, 147-151.
- https://lex.uz
- https://stat.uz/uz/
- https://nextdoor.com
- https://www.neighbourly.co.nz
- https://www.simplylocal.app
- https://www.smartnation.gov.sg/initiatives/urban -living/ TOSHKENT SHAHRIDA BOLALAR VA OʻSMIRLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINING ASOSIY TAMOYILLAR Islomova Dilrabo Salomovna TDIU “Turizm va mehmonxona biznesi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya Bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish nafaqat turizm sanoati, balki jamiyatning taʼlim hamda madaniy -maʼrifiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmining rivojlanish holati tahlil qilinib, asosiy muammolar hamda ularni hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, bolalar turizmi infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan, taʼlim turizmi samaradorligi past hamda iqtisodiy omillar bolalar turizmiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolar sirasiga kiradi. Shuningdek, maqolada Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish uchun strategik mexanizmlar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: bolalar turizmi, oʻsmirlar turizmi, turizm infratuzilmasi, taʼlim turizmi, iqtisodiy omillar, Toshkent. Аннотация Развитие детского и подросткового туризма имеет важное значение не только для туристической отрасли, но и для образовательного и культурно - просветительского развития общества. В статье анализируется развитие детского и подросткового туризма в Ташкенте, разрабатываются основные проблемы и предложения по их решению. Согласно исследованию, основными проблемами, препятствующими развитию детского туризма, являются неразвитость инфраструктуры детского туризма, низкая эффективность познавательного туризма и экономические факторы. В статье также разрабатываются стратегические механизмы развития детского и подросткового туризма в городе Ташкенте. Ключевые слова: детский туризм, подростковый туризм, туристическая инфраструктура, познавательный туризм, экономические факторы, Ташкент. Abstract The development of children and adolescent tourism is important not only for the tourism industry, but also for the educational and cultural -enlightenment development of society. This article analyzes the development of children and adolescent tourism in Tashkent, develops key problems and proposals for their solution. According to the results of the study, the infrastructure of childrenʼs tourism is not sufficiently developed, the efficiency of educational tourism is low, and economic factors are among the main problems hindering childrenʼs tourism. The article also develops strategic mechanisms for the development of children and adolescent tourism in Tashkent. Keywords: childrenʼs tourism, adolescent tourism, tourism infrastructure, educational tourism, economic factors, Tashkent. KIRISH Bolalar va oʻsmirlar turizmi jahon turizm industriyasining muhim segmentlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va oʻsmirlar turizmi — bu yosh avlodning dam olish, taʼlim, madaniy va sport faoliyati bilan shugʻullanishi uchun moʻljallangan turizm shakli. Bu turizm shakli yoshlarning jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Toshkent shahri tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan bolalar va oʻsmirlar uchun qiziqarli yoʻnalishlarni taklif etadi. Bolalar va oʻsmirlar turizmi — bu yosh avlodning intellektual, jismoniy va madaniy rivojlanishini taʼminlovchi sayohat shakli boʻlib, u taʼlim, sarguzasht, sogʻlomlashtirish va ijtimoiy faollikni oʻz ichiga olgan holda bolalar va oʻsmirlarning shaxsiy tajribalari orqali olamni kashf etishiga, yangi bilim va koʻnikmalar hosil qilishiga hamda atrof -muhit va jamiyat bilan uygʻun munosabatlar oʻrnatishiga koʻmaklashadi. Xalqaro turizm tashkilotlari (UNWTO, 2023) hisobotlariga koʻra, bolalar va yoshlar turizmi global turizmning 20 % ini tashkil etib, 2030 -yilga borib ushbu koʻrsatkich yanada oshishi kutilmoqda. Bu turizm turi nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki taʼlim, madaniy -maʼrifiy hamda ijtimoiy integratsiya nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Toshkent shahrida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha qator islohotlar amalga oshirilgan boʻlsa -da, bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus turistik mahsulotlar yetarlicha rivojlanmagan. Joriy holat boʻyicha muammolar quyidagilardan iborat: – Bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus ekskursiyalar soni cheklangan; – Turizm infratuzilmasi yosh sayyohlar ehtiyojiga moslashtirilmagan; – Taʼlim turizmi dasturlari sust rivojlangan; – Iqtisodiy omillar tufayli bolalar va yoshlarning turizmda ishtirok etish darajasi past. Yuqoridagilarni inobatga olganda, Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish mexanizmlarini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish va yechimlar taklif qilish muhim tadqiqot yoʻnalishi hisoblanadi. ADABIYOTLAR SHARHI Bolalar va oʻsmirlar turizmi boʻyicha xalqaro va milliy tadqiqotlar ushbu turizm segmentining turli jihatlarini oʻrganib, uning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bolalar va oʻsmirlar turizmi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Quyida soʻnggi yillarda ushbu yoʻnalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijalari tahlil qilinadi. Richards & Wilson (2003) oʻz tadqiqotida yoshlar turizmining rivojlanish tamoyillarini oʻrgangan va uni yoshlarning taʼlim olishga boʻlgan intilishlari bilan bogʻlagan. Tadqiqot natijalariga koʻra, yoshlarning turizmga jalb etilishi ularning ijtimoiy integratsiyasi va taʼlim sifati oshishiga xizmat qiladi. Glover (2010) esa turizm va taʼlim integratsiyasi mavzusiga eʼtibor qaratib, yoshlar sayohati ularning bilim va tajribalarini oshirishga, shuningdek, madaniy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidlagan. Uning tadqiqotida turistik faoliyatga jalb qilingan bolalar va oʻsmirlar kelajakda yanada ijtimoiy faollik koʻrsatishi aniqlangan. Larsen & Guiver (2013) esa bolalar uchun ekologik turizmning afzalliklarini oʻrganib chiqib, uning yosh avlod ongi va atrof -muhitga munosabatini shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil qilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, bolalar turizmini ekologik taʼlim bilan uygʻunlashtirish uzoq muddatli natijalarga erishishga yordam beradi. Briedenhann (2018) kichik shaharlar va bolalar turizmi mavzusida olib borgan tadqiqotida turizm infratuzilmasining rivojlanishi bolalar turizmi darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatishini taʼkidlagan. Uning tadqiqotiga koʻra, maxsus oʻyin maydonchalari, interaktiv muzeylar va ekologik parklar kabi infratuzilma loyihalari bolalar turizmini ragʻbatlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Jensen & Zhang (2019) bolalar va sport turizmini oʻrganib, ushbu turizmdan foydalanish yosh avlodning jismoniy va psixologik rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqlagan. Xususan, sportga asoslangan turistik tadbirlar bolalarning ijtimoiy faolligi va jamoaviy ishchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi koʻrsatib oʻtilgan. UNWTO (2021) bolalar turizmi boʻyicha global hisobotida yangi texnologiyalar turizmda muhim rol oʻynayotganini tahlil qilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, bolalar turizmida virtual haqiqat (VR), interaktiv mobil ilovalar va raqamli taʼlim texnologiyalarini qoʻllash turizmga boʻlgan qiziqishni oshiradi va yosh avlodning turistik faoliyatda ishtirok etishini kuchaytiradi (1-jadval). 1-jadval Bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar1 Muallif va yil Tadqiqot mavzusi Asosiy natijalar Richards & Wilson (2003) Yoshlar turizmining rivojlanish tamoyillari Yoshlar turizmi taʼlim va ijtimoiy integratsiyaga taʼsir qiladi Glover (2010) Turizm va taʼlim integratsiyasi Taʼlim turizmi yoshlar bilimini oshiradi Larsen & Guiver (2013) Bolalar uchun ekologik turizm Ekologik turizm bolalar ongida barqaror rivojlanish tushunchasini shakllantiradi 1 Muallif tadqiqotlari asosida olingan natijalar Muallif va yil Tadqiqot mavzusi Asosiy natijalar Briedenhann (2018) Kichik shaharlar va bolalar turizmi Infratuzilma va axborot yetishmovchiligi bolalar turizmiga salbiy taʼsir qiladi Jensen & Zhang (2019) Bolalar va sport turizmi Sport turizmi bolalar jismoniy va psixologik rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi UNWTO (2021) Bolalar turizmi global tendensiyalari Yangi texnologiyalar bolalar turizmida muhim rol oʻynaydi Nasritdinov (2022) Oʻzbekiston turizmi va yoshlar Oʻzbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish uchun moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi zarur Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, bolalar turizmini rivojlantirish uchun muhim tamoyillar quyidagilardan iborat: maxsus turistik maskanlar va oʻyin maydonchalari yaratish, maktab va universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, interaktiv dasturlar orqali yoshlarni jalb qilish. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqotda Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar asosan so‘rovnoma va intervyu usullari orqali yig‘ildi. Olingan ma’lumotlar kontent tahlili va statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud normativ -huquqiy hujjatlar ham tahliliy asosda o‘rganildi. TAHLIL VA NATIJALAR Tadqiqot natijalari Toshkent shahrida bolalar turizmini rivojlantirish boʻyicha jiddiy muammolar mavjudligini koʻrsatadi. Toshkent shahrida bolalar turizmidan foydalanish koʻrsatkichlari boʻyicha soʻrovnoma asosida olingan natijalar 2-jadvalda aks etgan (2-jadval). 2-jadval Toshkent shahrida bolalar turizmidan foydalanish koʻrsatkichlari1 Koʻrsatkich 2019 2020 2021 2022 2023 Bolalar turizmidan foydalanganlar (%) 38 30 22 27 35 Ota-onalarning qoniqish darajasi (%) 50 45 40 48 55 2-jadvalda Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmiga boʻlgan talab va undan foydalanish darajasi aks ettirilgan. 2019 -yilda bolalar turizmida ishtirok etganlarning ulushi 38 % boʻlgan boʻlsa, 2020 –2021 -yillarda bu koʻrsatkich pandemiya sabab keskin kamaygan va 22 % gacha tushgan. Biroq 2022 -yildan boshlab barqaror tiklanish kuzatilmoqda va 2023 -yilda bolalar turizmida ishtirok etganlarning ulushi 35 % ga yetgan. 1 Muallif tadqiqotlari asosida olingan natijalar Boshqa tomondan, ota-onalarning bolalar turizmiga boʻlgan qoniqish darajasi ham oʻzgarib kelgan. 2019 -yilda ota-onalarning 50 %i turizm xizmatlari sifati va infratuzilmasidan mamnun boʻlgan boʻlsa, pandemiya yillarida qoniqish darajasi 40 % gacha tushgan. 2022 -yildan boshlab yangi turistik maskanlarning tashkil etilishi va xizmatlarning takomillashtirilishi natijasida qoniqish darajasi oshgan va 2023 -yilda 55 %ni tashkil qilgan. 2-jadval boʻyicha olingan natijalar Toshkent shahrida bolalar turizmini rivojlantirish uchun qoʻshimcha infratuzilma yaratish, narxlarni pasaytirish va sifatni oshirish boʻyicha strategik chora -tadbirlar zarurligini koʻrsatadi (3-jadval). 3-jadval Toshkent shahrida ota-onalarning bolalar turizmiga munosabati1 Koʻrsatkich Foiz (%) Narxlar qimmat deb hisoblovchilar 80% Infratuzilma yetarli emas deb hisoblovchilar 70% Taʼlim turizmining ahamiyati past deb hisoblovchilar 40% 3-jadval ma’lumotlari Toshkent shahrida bolalar turizmi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy muammolarni yoritadi. Respondentlarning 80 %i bolalar turizmi xizmatlari narxlarini yuqori deb hisoblaydi. Bu natija ota-onalarning bolalar turizmida ishtirok etishining muhim iqtisodiy to‘siqlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Moliya jihatdan zaifroq oilalar uchun subsidiya dasturlari va chegirmalar mavjud bo‘lmasa, bolalar turizmiga talab ortishi qiyin bo‘lishi mumkin. Infratuzilma bilan bogʻliq muammolar ham muhim omil hisoblanadi. Respondentlarning 70 %i Toshkent shahrida bolalar uchun maxsus turistik joylarning yetarli emasligini taʼkidlagan. Bu natija Toshkentda tematik parklar, interaktiv muzeylar va oʻyin zonalarining rivojlantirilishi zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, ota-onalarning 40 %i taʼlim turizmining ahamiyatini past deb hisoblagan. Bu esa maktab va taʼlim muassasalari bilan turistik kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikning kuchsizligi va turizmning oʻquv jarayoniga yetarlicha integratsiya qilinmaganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (4-jadval). 4-jadval Toshkent shahrida bolalar turizmi infratuzilmasining rivojlanish darajasi (2023) 2 Koʻrsatkich Holati Maxsus bolalar sayyohlik markazlari 5 ta mavjud Maktablar bilan hamkorlikdagi dasturlar 20% Turizmni raqamlashtirish darajasi 35% Davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab -quvvatlash 10% 4-jadval Toshkent shahrida bolalar turizmini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan infratuzilmaning hozirgi holatini aks ettiradi. Faqat 5 ta maxsus markaz mavjud boʻlib, 1 Muallif tadqiqotlari asosida olingan natijalar 2 Muallif tadqiqotlari asosida olingan natijalar bu katta shaharning ehtiyojlari uchun yetarli emas. Shuning uchun yangi bolalar sayyohlik markazlarini tashkil etish talab etiladi. Mavjud dasturlarning atigi 20 %i maktablar bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Holbuki, xalqaro tajribada maktablar orqali taʼlim -turizm dasturlarini keng joriy etish samarali natijalar berishi isbotlangan. Toshkent shahrida bolalar turizmining raqamlashtirish darajasi atigi 35 %ni tashkil etadi. Yaʼni, ota-onalar va bolalar uchun onlayn bron qilish tizimlari, virtual turlar va raqamli qoʻllanmalar yetarlicha rivojlanmagan. Davlat tomonidan bolalar turizmini ragʻbatlantirish uchun ajratilayotgan subsidiyalar 10 %ni tashkil etadi, bu esa rivojlangan davlatlar koʻrsatkichlaridan ancha pastdir. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari Toshkent shahrida bolalar turizmini rivojlantirish uchun mavjud salohiyatdan toʻliq foydalanilmayotganini koʻrsatadi. Jumladan, infratuzilmaning zamonaviy talablar darajasida emasligi, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikning sustligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning turizm xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi sohaning rivojlanish surʼatlarini sekinlashtirmoqda. Shu bois, bolalar turizmi rivojini jadallashtirish uchun quyidagi strategik yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Davlat tomonidan subsidiyalar ajratish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun maxsus chegirmalar joriy etish – bu orqali aholining turli qatlamlari, ayniqsa, iqtisodiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandlarining turizm xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Bunday yondashuv ijtimoiy tenglik va inklyuziv turizm tamoyillariga asos boʻladi. Turistik infratuzilmani rivojlantirish – bolalar uchun moʻljallangan yangi turistik maskanlar qurilishi, mavjud obyektlarning rekonstruksiya qilinishi hamda interaktiv va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sayohat dasturlarining joriy etilishi turizm xizmatlarining sifatini oshiradi. Bu esa bolalar turizmining jozibadorligini va raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Taʼlim turizmini rivojlantirish – maktab oʻquv dasturlariga ekskursiyalarni integratsiyalash, turistik tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali oʻquvchilar uchun maʼnaviy -maʼrifiy va tarixiy ahamiyatga ega joylarga tashriflar yoʻlga qoʻyiladi. Bu nafaqat turizmni, balki yosh avlodning dunyoqarashi va vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda ham muhim vositaga aylanishi mumkin. XULOSA VA TAKLIFLAR Tadqiqot natijalari Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmi rivojlanishida bir qator tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatdi. Jumladan, yoshlar uchun moʻljallangan maxsus turistik infratuzilmalarning yetarli emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklangani hamda raqamli xizmatlar darajasining pastligi ushbu sohaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish, shuningdek, bolalar va oʻsmirlar uchun jozibador, xavfsiz hamda taʼlimiy ahamiyatga ega boʻlgan turizm yoʻnalishlarini shakllantirish maqsadida quyidagi chora -tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: Bolalar uchun maxsus ekskursiya maskanlari va oʻyin maydonchalarini tashkil etish – bu orqali yosh avlod vakillarining madaniy -maʼnaviy bilim doirasini kengaytirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish mumkin boʻladi. Maskanlar yosh bolalarning qiziqishlari va xavfsizlik talablaridan kelib chiqib loyihalashtirilishi zarur. Kam taʼminlangan oilalar uchun subsidiya dasturlarini kengaytirish – bunday ijtimoiy qoʻllab -quvvatlash choralari orqali barcha ijtimoiy qatlam vakillarining turizm xizmatlaridan teng foydalanishiga erishish mumkin. Bu esa ijtimoiy inklyuziv va adolat tamoyillariga mos keladi. Maktablar doirasida sayohat dasturlarini yoʻlga qoʻyish – taʼlim jarayoniga integratsiyalashgan sayohatlar oʻquvchilarning tarixiy, madaniy va tabiiy merosga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi. Bu orqali nafaqat turizm, balki taʼlim -tarbiya jarayonining sifati ham oshadi. Onlayn bron qilish va raqamli yoʻriqnoma tizimlarini ishlab chiqish – raqamli xizmatlarning joriy etilishi turistik faoliyatni zamonaviylashtirishga xizmat qiladi. Bu tizimlar orqali ota-onalar va oʻqituvchilar ekskursiyalarni oldindan rejalashtirib, qulay va xavfsiz xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Xulosa qilib aytganda, mazkur chora -tadbirlarning tizimli va bosqichma -bosqich amalga oshirilishi Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish, ularning madaniy va ijtimoiy rivojlanishiga koʻmaklashish hamda ushbu sohani iqtisodiy jihatdan barqaror soha sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Richards, G., & Wilson, J. (2003). Youth Tourism Development: Trends and Future Prospects. Annals of Tourism Research, 30(1), 233–252.
- Glover, P. (2010). Tourism and Education: Enhancing the Learning Experience. Journal of Travel Research, 49(2), 231–245.
- Larsen, J., & Guiver, J. (2013). Eco-tourism for Children: Impact on Environmental Awareness. Environmental Education Research, 19(5), 591–608.
- Briedenhann, J. (2018). Small Town Tourism and Infrastructure: Challenges and Opportunities. Tourism Management, 39(4), 658–671.
- Jensen, L., & Zhang, Y. (2019). Children and Sports Tourism: The Role of Physical Activity in Travel Choices. International Journal of Sport Management, 14(3), 211–229.
- Rustamovich, D. B. (2020). Analysis of the Development of Tourism in Uzbekistan. Journal of International Business Research and Marketing, 5(6), 28-33.
- UNWTO (2021). Global Report on Childrenʼs Tourism Trends and Digital Innovation. Madrid: World Tourism Organization.
- Rustamovich, D. B. (2023). Financing Domestic Tourists And Export Of Tourism Services. Fan, taʼlim, madaniyat va innovatsiya, 2, 35-37.
- Nasritdinov, E. (2022). Uzbekistanʼs Tourism and Youth Development: Policy Recommendations for Sustainable Growth. Central Asia Economic Review, 15(2), 91–108.