CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE MARKET OF GOOD AGRICULTURAL PRODUCTS IN UZBEKISTAN
Abstract
This article analyzes the theoretical foundations of the market for acceptable agricultural products and the specifics of its development in Uzbekistan. The study presents scientific views on the concept of acceptable agricultural products, the market mechanism, and its institutional framework, based on the GAP (Good Agricultural Practice) and organic standards. It examines the legal framework for the development of the market for acceptable agricultural products in Uzbekistan, analyzes existing opportunities and development directions, and provides scientific and practical conclusions for the development of the industry.
Keywords
acceptable agricultural products, GAP standard, organic agriculture, market mechanism, export potential, Good Agricultural and Environmental Practices (GAEP). 186 GAP (Good Agricultural Practice) - soʻzi oʻzbek tiliga “Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GAP)” deb tarjima qilinadi. Maqbul atamasi qishloq xoʻjaligi sohasida keyingi yillarda keng qoʻllanilmoqda. Maqbul atamasi oʻzbek tilining izohli lugʻatida quyidagicha izoh berilgan. “Maqbul” — arabcha (qabul) soʻzidan olingan, maʼnosi: “qabul qilingan”, “mos”, “joiz”, “meʼyorga toʻgʻri keluvchi”, “mantiqan yoki axloqan toʻgʻri”1 degan maʼnoni anglatadi. Shundan kelib chiqib, hozirda zamonaviy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish boʻyicha dunyo amaliyotida foydalanilmoqda. Zamonaviy dunyoda isteʼmol qilinadigan mahsulotning tarkibi, uning inson salomatligiga taʼsiri hamda mahsulot sifati va xavfsizligi boʻyicha tashvishlar tobora kuchaymoqda. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotlari(GAP) "ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolgan holda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifati, xavfsizligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliyotlar"2 deb taʼriflanadi. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti(GAP)ga oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) quyidagicha taʼrif beradi. Xavfsiz va sifatli oziq-ovqat va nooziq - ovqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga olib keladigan xoʻjalik ichidagi jarayonlar uchun ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka qaratilgan amaliyotlar.3 GAP dasturi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur boʻlgan oziq- ovqat xavfsizligi, mahsulot sifati, atrof -muhitni boshqarish va ishchilarni himoya qilish uchun zarur boʻlgan maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini qamrab oladi. Bundan tashqari 2018 -yilda Nepalda oziq-ovqat xavfsizligi, savdo va barqarorlik masalalarini hal qilish uchun Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotlari (GAP) konsepsiyasi joriy etildi4. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GAP) konsepsiyasi oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlik va qishloq rivojlanishi kabi muhim qishloq xoʻjaligi muammolarini hal qiluvchi keng qamrovli strategiyaga aylandi5. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti(GAP) 4 ta asosiy ustunga eʼtibor qaratib, tashqi muammolarga, jumladan, iqlim oʻzgarishi va bozor beqarorligiga javob bera oladigan muvozanatli qishloq xoʻjaligi tizimini yaratishga qaratilgan: • iqtisodiy barqarorlik, • ekologik barqarorlik, • ijtimoiy tenglik • oziq-ovqat xavfsizligi. 1 Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 2020 -yil nashri, 2 -jild, 569 -bet 2 https://www.agro.uz/11 -0091/ 3 Food and Agriculture Organization of the United Nations Nay Pyi Taw, 2023 4https://zcralliance.org/resources/item/good -agriculture -practices -for-safe-food-and-sustainable -agriculture -in-nepal -a- review/ 5https://www.scirp.org/%28S%28vtj3fa45qm1ean45vvffcz55%29%29/reference/referencespapers?referenceid=408577 5 187 Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GAP) boʻyicha adabiyotlar agronomiya, oziq- ovqat xavfsizligi, iqtisodiyot va atrof muhit fanlarini oʻz ichiga olgan keng qamrovli va xilma -xildir.1 Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotlari (GAP) ekinlar va chorvachilikning xavfsiz va barqaror ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun uchinchi tomon auditi orqali tasdiqlangan muhim standartlardir. GAPga rioya qilish orqali fermer xoʻjaliklari egalari hosildorlikni maksimal darajada oshirishi, biznes operatsiyalarini optimallashtirishi va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi mumkin, shu bilan birga ularning atrof -muhitga taʼsirini kamaytiradi. Yaxshi qishloq xoʻjaligi amaliyotlariga rioya qilish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga chakana sotuvchilar talabi va isteʼmolchilarning xohlagan sifatli mahsulotlarni etkazib berishni osonlashtiradi.2. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GAP) xavfsiz, foydali meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan asosiy ekologik va operatsion shartlardir. GAPlarning maqsadi meva va sabzavotlarning mikrobial ifloslanish xavfini kamaytirishga yordam beradigan ilgʻor boshqaruv amaliyotlarini amalga oshirishda mantiqiy koʻrsatmalar berishdir. GAP misollari ishlab chiqarish va yigʻish jarayonida ishchilarning gigiyenasi va sogʻligʻi, goʻngdan foydalanish va suv sifatini oʻz ichiga oladi.3 Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GAP )ga kiritilgan asosiy elementlarga quyidagilar kiradi: • Xavf -xatarni baholash • Muammolarni yuzaga kelishidan oldin oldini olish • Barcha darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi majburiyatlari • Operatsion xodimlar uchun majburiy taʼlim • Keng zanjirli aloqa • Integratsiyalashgan zararkunandalarga qarshi kurash • Dala va jihozlarning sanitariyasi • Tasdiqlash uchun uchinchi tomon tekshiruvlari • Nazorat va ijro Good Agricultural Practice (G.A.P) - Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (G.A.P) soʻzlarini jamlab Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi mutaxassislari “Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotini joriy qilish va markirovkalash” deb nomlashdi. Rus tadqiqotchisi О.Ю Сикачева ning “Organik qishloq xoʻjaligi bozorini tartibga solish” dissertatsiyasida organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazariyasi va metodologik asoslari tarixiy va zamonaviy tadqiqotlar zaminida chuqur tahlil qilinadi. Aynan ekologik barqarorlik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va inson 1 Sparling, T. M, Rosenberg, I, Blakstad, M. M, & Webb, P. (2021). Understanding Pathways Between Agriculture, Food Systems, and Nutrition: An Evidence and Gap Map of Research Tools, Metrics, and Methods in the Last 10 Years. 2 https://safetyculture.com/topics/good -agricultural -practices 3https://ncfreshproducesafety.ces.ncsu.edu/ncfreshproducesafety -good -agricultural - practices/#:~:text=Good%20Agricultural%20Practices%20(GAPs)%20are, the%20production%20and%20harvesting%2 0process. 188 salomatligi tamoyillari E. Balfour (“The Living Soil”), A.G. Howard (“An Agricultural Testament”), F.H. King, J. Rodale va M. Fukuoka (masalan, “Революция одной соломинки”) kabi klassik olimlar ilmiy ishlari bilan bevosita bogʻliq 1. E. Balfour asarlari orqali zamonaviy organik qishloq xoʻjaligining nazariy negizlari “tirik tuproq” va agroekotizimni barqaror saqlash konsepsiyasiga asoslanganini, uning “The Living Soil” asari organik ishlab chiqaruvchilar metodologiyasi uchun asosiy manba ekanini isbotlaydi.2 A.G. Howard, F.H. King tajribalari ham organik dehqonchilikda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish — tuproqdan unumli va tejamkor foydalanish, ekin almashinuvini kiritish, tabiiy oziqlantiruvchi va himoya usullariga tayanilishini asoslab beradi.3 Raymond Auerbach (Yevropa -Afrika) Raymond Auerbach — organik va ekologik qishloq xoʻjaligi innovatsiyalari, bioagrotexnologiya, agroekotizim modellarini takomillashtirish va ekologik sertifikatlashtirish amaliyoti boʻyicha yetakchi ekspert. U soʻnggi yillarda Yevropa va Afrika tajribalarini oʻz ichiga oluvchi fundamental ishlarni tayyorlagan, ekologik tarmoqlarda innovatsion resurslarni boshqarish, “bio” texnologiyalar va atrof -muhit monitoringini tahlil qilgan. XX-asrning ikkinchi yarmida qishloq xoʻjaligi sohasida kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanishi qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlarning mahsuldorligini sezilarli darajada oshirishga olib keldi. Shu munosabat bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat taʼminotini sezilarli darajada oshirdi. Bu jarayonning salbiy tomoni esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining nitratlar va pestitsidlar, hayvonot mahsulotlarining gormonlar va antibiotiklar bilan ifloslanishi edi. Jahon agro-oziq-ovqat bozori bunga XX asrning 90- yillarida boshlangan va hozirgi kungacha davom etayotgan rivojlangan mamlakatlarda organik mahsulotlarga boʻlgan talabning sezilarli darajada oshishi bilan javob berdi. Organik qishloq xoʻjaligi deganda –atrof -muhitga zarar keltiradigan kimyoviy vositalardan foydalanmasdan biologik xilma -xillikni asraydigan ekologik sikllarga asoslanish va mahalliy sharoitlarga eʼtibor qaratish boʻyicha qabul qilingan, agroekotizimning sanitariya holatini yaxshilaydigan, tuproq unumdorligini oshiradigan, insonlar salomatligini muhofaza qiladigan ishlab chiqarishni boshqarishning yagona tizimi”4ni ifodalaydi. Dunyo boʻyicha organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talab va qiziqish tobora ortib bormoqda. Keng maʼnoda, organik qishloq xoʻjaligi ekologik toza oʻsimlik va chorvachilik mahsulotlarini olish uchun sintetik oʻgʻitlar, begona oʻtlar va zararkunandalarga qarshi vositalardan foydalanishni minimallashtirishga asoslangan. 1Сикачева, О.Ю. (2020). *Органическое сельское хозяйство: регулирование рынка продукции*. Москва: Российский экономический университет им. Г.В. Плеханова, с. 35 –38. 2 Balfour, E. B. (1943). The Living Soil. London: Faber & Faber. 3 Howard, A. (1947). The Soil and Health: A Study of Organic Agriculture. University Press . 4 International Federation of Organic Agriculture Movements (IFOAM). Definition of Organic Agriculture. IFOAM – Organics International, Bonn, Germany, 2020, pp. 1 –2. Retrieved from: https://www.ifoam.bio/why -organic/organic - landmarks/definition -organic
References
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 2020 -yil nashri, 2-jild, 569-bet
- https://www.agro.uz/11 -0091/
- Food and Agriculture Organization of the United Nations Nay Pyi Taw, 2023
- https://zcralliance.org/resources/item/good -agriculture -practices -for-safe- food-and-sustainable -agriculture -in-nepal -a-review/
- https://www.scirp.org/%28S%28vtj3fa45qm1ean45vvffcz55%29%29/referen ce/referencespapers?referenceid=4085775
- Sparling, T. M., Rosenberg, I., Blakstad, M. M., & Webb, P. (2021). Understanding Pathways Between Agriculture, Food Systems, and Nutrition: An Evidence and Gap Map of Research Tools, Metrics, and Methods in the Last 10 Years.
- https://safetyculture.com/topics/good -agricultural -practicez
- https://ncfreshproducesafety.ces.ncsu.edu/ncfreshproducesafety -good - agricultural - practices/#:~:text=Good%20Agricultural%20Practices%20(GAPs)%20are,the%20pr oduction%20and%20harvesting%20process .
- Сикачева, О.Ю. (2020). *Органическое сельское хозяйство: регулирование рынка продукции*. Москва: Российский экономический университет им. Г.В. Плеханова, с. 35–38.
- Balfour, E. B. (1943). The Living Soil. London: Faber & Faber.
- Howard, A. (1947). The Soil and Health: A Study of Organic Agriculture. University Press.
- International Federation of Organic Agriculture Movements (IFOAM). Definition of Organic Agriculture. IFOAM – Organics International, Bonn, Germany, 2020, pp. 1–2. Retrieved from: https://www.ifoam.bio/why -organic/organic - landmarks/definition -organic
- https://www.fibl.org/fileadmin/documents/shop/1797 -organic -world -