NAMANGAN VILOYATI IQTISODIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISHDA SAMARALI MENEJMENT MEXANIZMLARI

Annotatsiya

Namangan viloyati iqtisodiy rivojlanishini boshqarishda qoʻllaniladigan samarali menejment mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi - mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtiruvchi boshqaruv vositalarini aniqlash va ularni tizimli tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi rasmiy statistik maʼlumotlarni qiyosiy tahlil qilish, ilmiy adabiyotlarni tizimlashtirish hamda mantiqiy umumlashtirish usullariga asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, viloyatda sanoat ishlab chiqarishining oʻsish surʼati ijobiy dinamikaga ega boʻlsa-da, kichik biznes ulushining yuqoriligi mintaqa iqtisodiyoti tarkibiy jihatdan nomutanosibligidan dalolat beradi, bu esa institutsional va investitsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Olingan natijalarning ilmiy ahamiyati mintaqaviy boshqaruv nazariyasini mahalliy empirik maʼlumotlar bilan boyitishdan iborat boʻlsa, amaliy ahamiyati hududiy hokimiyat organlari uchun boshqaruv qarorlarini takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqishda namoyon boʻladi.

Kalit so'zlar

mintaqaviy iqtisodiyot, menejment mexanizmlari, iqtisodiy rivojlanish, hududiy boshqaruv, institutsional islohotlar, sanoat salohiyati, investitsion siyosat, kichik tadbirkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, raqamli boshqaruv.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-5841063
  2. Makhbuba, R. (2026). Governance and policy mechanisms for sustainable regional development in Uzbekistan. American Journal of Social and Humanitarian Research, 7(1), 187-199. https://doi.org/10.31150/ajshr.v7i1.4500
  3. OECD. (2024). OECD public governance reviews: Uzbekistan - Towards a more modern, effective and strategic public administration. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/2f36d8ec-en
  4. Krugman, P. (1991). Increasing returns and economic geography. Journal of Political Economy, 99(3), 483-499. https://doi.org/10.1086/261763
  5. North, D. C. (1990). Institutions, institutional change and economic performance. Cambridge University Press.
  6. World Bank. (2025). Uzbekistan-Country economic memorandum: Fostering private sector-led growth and global integration. World Bank Group.
  7. International Monetary Fund. (2024). Republic of Uzbekistan: 2024 Article IV consultation-Staff report (IMF Country Report No. 24/210). https://doi.org/10.5089/9798400281686.002
  8. United Nations Development Programme. (2025). Independent country programme evaluation: Uzbekistan. UNDP.
  9. World Bank. (2022, May 18). New flagship report by the World Bank identifies key opportunities for Uzbekistanʼs development [Press release].
  10. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Namangan viloyatida doimiy yashovchi aholi soni toʻgʻrisida [Press-reliz]. https://gov.uz/oz/namangan/news/view/97893
  11. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Namangan viloyatining sanoat ishlab chiqarishi: 2025-yil yanvar-iyun [Press-reliz]. https://www.namstat.uz/images/Pres-Reliz/2025/Sanoat2025_Iyun.pdf
  12. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2024). Namangan viloyatining sanoat ishlab chiqarishi: 2024-yil yanvar-mart [Press-reliz]. https://www.namstat.uz/uz/qo-mita-yangiliklar/13481-namangan-viloyatining-sanoat-ishlab-chiqarishi-2

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.