Maqola mavzusi Title
Mavzu imkon qadar qisqa, lo‘nda va tadqiqot yo‘nalishini aniq ifodalagan holda 3 tilda beriladi.
Muallif ma’lumoti Author information
Muallifning F.I.Sh., ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ORCID raqami, e-mail manzili va telefonlari 3 tilda, qisqartmalarsiz kiritiladi.
Annotatsiya Abstract
Annotatsiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida 8-10 qatordan oshmagan holda yoziladi. Unda muammo, dolzarblik, metodologiya, natijalar hamda ilmiy va amaliy hissa yoritiladi.
Tayanch so‘zlar Key words
Kalit so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini qisqa ochib berishi kerak. Qidiruv tizimlarida topilishi uchun ularning asosiy matnda tabiiy takrorlanishi tavsiya etiladi.
Kirish Introduction
Kirishda tadqiqot muammosi, maqsad va vazifalar, mavzuning tanlanish asosi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati yoritiladi. Statistik ma’lumotlarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Adabiyotlar sharhi Literature review
Mavzuga oid ilmiy manbalar tanqidiy tahlil qilinadi, mavjud bilimlar xaritasi ko‘rsatiladi va tadqiqot savollari asoslanadi. Eng yangi jurnal maqolalari va ishonchli manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Metodologiya Research Methodology
Tadqiqot falsafasi va yo‘nalishi, dizayni, axborot olish usullari, tadqiqot etikasi, tanlov, ma’lumot manbalari va tadqiqot strategiyasi asoslanadi.
Tahlil va natijalar Analysis and results
Oldindan belgilangan tahlil usullari orqali yig‘ilgan ma’lumotlar natijalari bayon qilinadi. Muhokama keyingi qismlarda izchil ochib beriladi.
Xulosa va takliflar Conclusion / Recommendations
Tadqiqot savollariga javob, asosiy natijalar, umumiy xulosalar, amaliy takliflar va kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar References
Manbalar [1], [2], [3] ketma-ketligida rasmiylashtiriladi. Kitoblar uchun muallif, nom, nashr joyi, nashriyot, yil va betlar; maqolalar uchun muallif, maqola nomi, jurnal nomi, nashr, yil, son va betlar ko‘rsatiladi.