OʻZBEKISTONDA PAXTA VA GʻALLA URUGʻLIGINI TAYYORLOVCHI KORXONALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI

Tashkilot
Toshkent davlat texnika universiteti
Marketing jurnali — 2026-yil sentabr, 9-son

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda paxta va boshoqli don ekinlari urugʻligini tayyorlovchi korxonalar faoliyatining institutsional va iqtisodiy shart-sharoitlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi bu korxonalar samaradorligini baholash uslubiyotini takomillashtirish va uni oshirish yoʻllarini asoslashdan iborat. Urugʻchilik tizimidagi soʻnggi islohotlar, korxonalarni yiriklashtirish va xususiylashtirish jarayonlari normativ-huquqiy hujjatlar asosida baholangan. Tadqiqotda qiyosiy va strukturaviy tahlil hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish usullari qoʻllanilgan. Samaradorlikni baholash uchun oltita texnologik, sifat va moliyaviy koʻrsatkichni birlashtiruvchi integral indeks hamda sifatli urugʻlikdan olinadigan iqtisodiy samarani hisoblash modeli taklif etilgan. Shartli uchta korxona misolida integral indeks 0,68 dan 1,00 gacha boʻlgan qiymatlarni oldi. Past samaradorlik asosan past rentabellik, yuqori reproduksiyali urugʻlik ulushining kamligi va quvvatdan toʻliq foydalanilmasligi bilan bogʻliq ekani aniqlandi. Shartli misolda yuqori reproduksiyali chigit fermerga 1 gektardan 1,7 mln soʻm sof samara beradi, urugʻlikka sarflangan har bir qoʻshimcha soʻm esa 6,7 soʻm daromad keltiradi. Natijalar asosida namoyish maydonlarini kengaytirish, quvvatlardan yil davomida foydalanish, mustaqil laboratoriya nazorati va raqamli kuzatuvni joriy etish hamda integral indeksni davlat monitoringiga kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Uslubiyotdan korxonalarni qiyosiy baholash va qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilashda foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar

urugʻchilik, urugʻlik chigit, urugʻlik bugʻdoy, iqtisodiy samaradorlik, integral indeks, quvvatdan foydalanish, tannarx, reproduksiya


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/-4567334
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/5840120
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/doc-passport/-6694158
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/-5676745
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622- son Qarori. https://lex.uz/uz/docs/-7137070
  6. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi 2024-yil 19- iyun roʻyxat raqami 3519 “Urugʻlik chigit tayyorlovchi korxonalarda urugʻlik paxtani qayta ishlashda uskunalarni belgilangan meʼyorlar asosida sozlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi https://lex.uz/uz/docs/-6976671
  7. Charnes A., Cooper W.W., Rhodes E. Measuring the efficiency of decision making units // European Journal of Operational Research. 1978. Vol. 2, No. 6. P. 429- 444
  8. Coelli T.J., Rao D.S.P., OʻDonnell C.J., Battese G.E. An Introduction to Efficiency and Productivity Analysis. 2nd ed. New York: Springer, 2005
  9. Farrell M.J. The measurement of productive efficiency // Journal of the Royal Statistical Society. Series A. 1957. Vol. 120, No. 3. P. 253-290
  10. Morris M.L. (ed.) Maize Seed Industries in Developing Countries. Boulder: Lynne Rienner; CIMMYT, 1998
  11. Schultz T.W. Transforming Traditional Agriculture. New Haven: Yale University Press, 1964
  12. Tripp R. Seed Provision and Agricultural Development: The Institutions of Rural Change. London: ODI; Oxford: James Currey, 2001
  13. FAO. Seeds Toolkit. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2018

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.