SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY BARQARORLIK KOʻRSATKICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Tashkilot
Toshkent davlat texnika universiteti
Marketing jurnali — 2026-yil sentabr, 9-son

Annotatsiya

Maqolada global va ichki iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan foydalanish sharoitida moliyaviy barqarorlik hamda ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini aniqlash va hisoblashga metodik yondashuv ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston sanoat korxonalarining moliyaviy va ishlab chiqarish barqarorligini muvozanatli mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning taʼsiri koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, dinamik qatorlar tahlili, koeffitsiyentlar va tasniflash usullaridan foydalanildi. Barqaror rivojlanish tamoyillari iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy, ekologik va axborot guruhlariga ajratildi hamda oltita barqaror rivojlanish omili tasniflandi. 2022-2024-yillarda korxonalar tushumi 52,3 mlrd soʻmdan 63,4 mlrd soʻmgacha, rentabellik 9,2 foizdan 9,9 foizgacha, joriy likvidlik koeffitsiyenti 1,31 dan 1,42 gacha, moliyaviy avtonomiya koeffitsiyenti 0,57 dan 0,61 gacha oshgani aniqlandi. Xarajatlarni optimallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, likvidlikni boshqarish va modernizatsiyaga investitsiyalarning barqarorlik koʻrsatkichlariga taʼsiri baholandi. Natijalar asosida korxonalar barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy takliflar berildi.

Kalit so'zlar

iqtisodiy barqarorlik, barqaror rivojlanish elementlari, barqaror rivojlanish tamoyillari, barqarorlik koʻrsatkichlari, integral koʻrsatkich, sanoat korxonalari, moliyaviy barqarorlik, raqamlashtirish


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Altman, E. I. (1968). Financial ratios, discriminant analysis and the prediction of corporate bankruptcy. The Journal of Finance, 23(4), 589-609. https://doi.org/10.1111/j.1540-6261.1968.tb00843.x
  2. Apple Inc. (2023). Environmental progress report. https://www.apple.com/environment/
  3. Dyllick, T., & Hockerts, K. (2002). Beyond the business case for corporate sustainability. Business Strategy and the Environment, 11(2), 130-141. https://doi.org/10.1002/bse.323
  4. Ghobakhloo, M. (2020). Industry 4.0, digitization, and opportunities for sustainability. Journal of Cleaner Production, 252, 119869. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2019.119869
  5. Hesselberg, J. (2018). Unlocking agility: An insiderʼs guide to agile enterprise transformation. Addison-Wesley
  6. Investopedia. (n.d.). Financial ratios. https://www.investopedia.com
  7. OECD. (2021). OECD compendium of productivity indicators 2021. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/f25cdb25-en
  8. Кондаурова Д.С. Совершенствование механизма управления устойчивым развитием промышленного предприятия: дис. ... канд. экон. наук. - Самара, 2015. - 208 с
  9. Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг менеджмент. - М.: Вильямс, 2018. - 800 с
  10. Наше общее будущее: Доклад Международной комиссии по окружающей среде и развитию (МКОСР) / пер. с англ. - М.: Прогресс, 1989. - 372 с
  11. Половян А.В., Ялунер А.Ф. Оценка влияния инструментов smart- промышленности на устойчивое развитие предприятия // Управленческий учет. - 2023. - № 7. - С. 160-168. https://doi.org/10.25806/uu72023160-168
  12. Ценжарик М.К., Крылова Ю.В., Стешенко В.И. Цифровая трансформация компаний: стратегический анализ, факторы влияния и модели // Вестник Санкт-Петербургского университета. Экономика. - 2020. - Т. 36, № 3. - С. 390-420. https://doi.org/10.21638/spbu05.2020.303
  13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16-fevral 2026-yil PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-8050769
  14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Rasmiy sayt. https://stat.uz
  15. PESTEL tahlili: sanoat boshqaruvida tamoyillar va qoʻllanilishi // Journal of Economics and Business. - 2020

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.