QURILISH MAJMUASIDA OʻZ-OʻZINI TARTIBGA SOLUVCHI TASHKILOTLARNING OʻRNI VA FUNKSIYALARI
Annotatsiya
Mamlakatimizda qurilish sohasida boshqaruv tizimini bosqichma-bosqich erkinlashtirish siyosatining asosiy maqsadi tadbirkorlik subʼyektlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Koʻplab faoliyat turlarini litsenziyalashdan voz kechish, tashkilotlar faoliyatiga aralashishni cheklash, xalqaro qurilish standartlarini joriy qilish kabi choralar qurilish bozorida barqaror raqobat muhitini shakllantirgan. Shu bilan birga, meʼyoriy-texnik va tashkiliy-huquqiy masalalari boʻyicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha uslubiy tavsiyalar yetarli emas. Maqolada ushbu vazifani oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan bajarish mexanizmi taklif qilinmoqda. Tadqiqotda xorijiy tajriba, amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va hududiy qurilish sanoatining boshqaruv tuzilmasi tahlil qilingan. Hududiy qurilish majmuasidagi manfaatdor tashkilotlarni boshqaruv funksiyalari orqali birlashtiruvchi tuzilma ishlab chiqilgan va unda oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlarning oʻrni belgilangan. Bunday tashkilotlarni tashkil etishning toʻrt varianti asoslab berilgan: yirik uy-joy quruvchilar uyushmasi, yetakchi developer qoshidagi ilmiy-uslubiy markaz, savdo-sanoat palatasi qoshidagi quruvchilar uyushmasi va kichik biznes uyushmasi. Ularni hududlar qurilish majmuasiga joriy etish boʻyicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
qurilish majmuasi, meʼyoriy-texnik tartibga solish, oʻz-oʻzini tartibga solish, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot, boshqaruv funksiyalari, hududiy qurilish sanoati, quruvchilar uyushmasi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- American Institute of Architects. (n.d.). The American Institute of Architects: Official website. https://www.aia.org
- Black, J. (2001). Decentring regulation: Understanding the role of regulation and self-regulation in a “post-regulatory” world. Current Legal Problems, 54(1), 103-146. https://doi.org/10.1093/clp/54.1.103
- Canadian Construction Association. (n.d.). About us. https://www.cca-acc.com/about-us/
- Gunningham, N., & Rees, J. (1997). Industry self-regulation: An institutional perspective. Law & Policy, 19(4), 363-414. https://doi.org/10.1111/1467-9930.t01-1-00033
- Japan Society of Civil Engineers. (n.d.). About JSCE. https://www.jsce-int.org/about
- OECD. (2012). Recommendation of the Council on Regulatory Policy and Governance. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264209022-en
- Ogus, A. (1995). Rethinking self-regulation. Oxford Journal of Legal Studies, 15(1), 97-108. https://doi.org/10.1093/ojls/15.1.97
- Викторов М.Ю. Перспективы развития саморегулирования в строительстве // Экономика и управление. 2009. № 11. С. 75-78.
- Каюмов И.А. Саморегулирование в сфере строительства: учебное пособие. Казань: Изд-во Казанск. гос. архитект.-строит. ун-та, 2015. 107 с.
- Масалаб А.Ф. Правовое обеспечение деятельности саморегулируемых организаций (сравнение опыта стран «большой семерки»). https://cyberleninka.ru/article/n/pravovoe-obespechenie-deyatelnosti-samoreguliruemyh-organizatsiy-sravnenie-opyta-stran-bolshoy-semerki
- Мхитарян Ю.И. Теория приоритетного развития саморегулируемых организаций и актуальные проблемы совершенствования законодательства // Электронный научный журнал «Век качества». 2022. № 1. С. 10-25.
- Саморегулируемые организации: единый реестр. https://www.all-sro.ru/register/
- Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevral OʻRQ-676-son Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. https://lex.uz/docs/5307951
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral PF-25-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/8053023
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyun PF-104-son “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/8245267
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2026-yil 6-mayda qurilishda byurokratiyani qisqartirish va nazorat samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilish materiallari. https://president.uz/ru/lists/view/9181