YASHIL INVESTITSIYALAR VA RESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA HUDUDLARNING EKOLOGIK-IQTISODIY IXTISOSLASHUVI SAMARADORLIGINI EKONOMETRIK BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISH

Tashkilot
Urganch davlat universiteti image/svg+xml

Annotatsiya

Tezisda hududlarning ekologik-iqtisodiy ixtisoslashuvini optimallashtirishda yashil investitsiyalar va resurs tejamkor texnologiyalarning iqtisodiy samaradorlikka taʼsirini baholashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etiladi. Yashil investitsiyalar, texnologik modernizatsiya, resurslar unumdorligi va hududiy qoʻshilgan qiymat oʻrtasidagi iqtisodiy bogʻliqliklar asoslanadi. Hududiy geterogenlik va ekologik cheklovlarni hisobga oluvchi panel ekonometrik modellashtirish yondashuvi taklif etiladi. Tahlil Statistika agentligining 2016-2024-yillar hududiy maʼlumotlari asosida oʻtkazilgan. Bu davrda respublika boʻyicha atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarning yalpi mahsulot birligiga nisbati 3,47 dan 0,56 tonna/mlrd soʻmga pasaygani, Toshkent viloyatida esa bu koʻrsatkich 3,07 tonna/mlrd soʻm bilan eng yuqori darajada qolgani, Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulot nominal ifodada 10,24 barobar oshgani aniqlangan. Investitsiyalarning bevosita hamda texnologik yangilanish orqali shakllanadigan bilvosita taʼsirlarini baholash, ekologik yuklamani kamaytirish va hududiy ixtisoslashuvning iqtisodiy natijadorligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlar aniqlanadi.

Kalit so'zlar

mintaqaviy iqtisodiyot, ekologik-iqtisodiy ixtisoslashuv, yashil investitsiyalar, resurs tejamkor texnologiyalar, iqtisodiy samaradorlik, texnologik modernizatsiya, ekologik yuklama, resurslar unumdorligi, panel ekonometrika, hududiy qoʻshilgan qiymat


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. OECD. (2017). Green Growth Indicators 2017. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264268586-en
  2. OECD. (2023). Environment at a Glance Indicators. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/ac4b8b89-en
  3. Porter, M. E., & van der Linde, C. (1995). Toward a new conception of the environment-competitiveness relationship. Journal of Economic Perspectives, 9(4), 97-118. https://doi.org/10.1257/jep.9.4.97
  4. UNEP, International Resource Panel. (2024). Global Resources Outlook 2024: Bend the trend - Pathways to a liveable planet as resource use spikes. Nairobi: United Nations Environment Programme. https://www.unep.org/resources/Global-Resource-Outlook-2024
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar PF-16-son “«Oʻzbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/7369745
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabr PQ-4477-son “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/4539502
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Statistika axborot-tahlil tizimi (SIAT): yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi (1.01.03.0001) va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar (3.02.02.0001) koʻrsatkichlari. https://siat.stat.uz

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.