O'ZBEKISTON AVTO SANOATINI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA'SIRI.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil sanoatining milliy iqtisodiyotga koʻrsatgan taʼsiri tahlil qilingan . Tadqiqotda 2019 –2024 -yillar davomida avtomobil ishlab chiqarish hajmlarining oʻzgarishi , sohaning yalpi ichki mahsulot va bandlikdagi ulushi rasmiy statistik maʼlumotlar asosida baholandi . Avtomobil sanoatining eksport jarayonlaridagi oʻrni hamda metallurgiya , logistika va xizmatlar kabi turdosh tarmoqlarga koʻrsatgan iqtisodiy taʼsiri koʻrib chiqildi . Tahlil natijalarida ishlab chiqarish hajmlarining oʻsishi investitsiyalar jalb etilishi va ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi bilan bogʻliqligi aniqlandi . Olingan xulosalar avtomobil sanoati mamlakat iqtisodiyotida barqaror rivojlanayotgan muhim sanoat tarmoqlaridan biri ekanini koʻrsatdi .
Kalit so'zlar
avtomobil sanoati, milliy iqtisodiyot, sanoat ishlab chiqarishi, bandlik, yalpi ichki mahsulot, eksport, multiplikativ taʼsir