Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI ORQALI MOLIYALASHTIRISH

Tashkilot
Toshken t xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya

Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishning zamonaviy usullaridan biri sifatida qimmatli qogʻozlar bozorining roli va ahamiyati yoritilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning barqaror moliyaviy oʻsishini taʼminlashda tashqi moliyaviy manbalarni jalb etish zarurati ortib bor adi. Ayniqsa, aksiyadorlik jamiyatlari uchun investitsiyalarni jalb qilishda ochiq aksiyalar emissiyasi, obligatsiyalar chiqarish, ikkilamchi bozor operatsiyalaridan foydalanish muhim manba sifatida eʼtirof e tiladi. Maqolada qimmatli qogʻozlar bozorining tuzilmasi, funksiyalari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga taʼsiri va ushbu jamiyatlarning moliyaviy mustahkamligini oshirishdagi roli chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ -huquqiy asoslar va mavjud muammolar oʻrganilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlar orqali moliyalashtirishda duch kelayotgan byurokratik toʻsiqlar, investorlar ishonchin ing pastligi va bozordagi likvidlik yetishmasligi kabi omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

Aksiyadorlik jamiyatlari, qimmatli qogʻozlar bozori, moliyalashtirish, investitsiya, aksiyalar, obligatsiyalar, kapital bozori, emissiya, investor, moliyaviy barqarorlik, korporativ boshqaruv, fond birjasi, aksiyador


Adabiyotlar ro'yxati

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.