LEVEREDJ TAHLILINING TURLI SHAKLLARI VA UNDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda JPMorgan Chase bankining moliyaviy sog‘lomligi va xavfga duchor bo‘lish darajasini baholash maqsadida uning moliyaviy leverajini tahlil qilish orqali baholashga qaratilgan. So‘nggi yillardagi asosiy leverage ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, bankning o‘z faoliyatini moliyalashtirishda qarz vositalari va ustav kapitali o‘rtasidagi nisbat aniqlanadi. Olingan natijalar moliyaviy leverage, me’yoriy talablar bilan muvofiqlik hamda ortiqcha qarz olish bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarga oid muayyan tendensiyalarni ko‘rsatadi. Tadqiqot leverage’ning tashkilot daromadiga va moliyaviy barqarorligiga ta’sirini yoritadi, bu esa investorlar, siyosat yurituvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun foydalidir. Ta dqiqot natijalari yirik moliyaviy institutlar tomonidan leverage boshqaruvini baholash, shuningdek, mazkur jarayon bilan bog‘liq barqarorlik va xavflarni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada JPMorgan Chase (JPM) bankining murakkab leverage modeli doirasida leverage va foydalilik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar
leveraj, moliyaviy leveraj darajasi, EBIT, DOL, EPS, DFL, EBT, JPMorgan Chase banki