SANOAT INFRATUZILMASINING ASOSIY KOMPONENTLARI VA ULARNI BOSHQARISH HAMDA OPTIMALLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Ushbu maqola sanoat infratuzilmasining asosiy komponentlarini tahlil qilish, ularni boshqarish va optimallashtirish mexanizmlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ishlab chiqarish korxonalari, energetika tizimi, transport va logistika, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, texnologik sanoat zonalari hamda innovatsion xizmatlar va ilmiy -texnik infratuzilma komponentlari boʻyicha boshqaruv va optimallashtirish mexanizmlari aniqlanib, har tomonlama tahlil qilingan. Har bir komponent uchun kutilayotgan natijala r — iqtisodiy samaradorlikni oshirish, qoʻshilgan qiymat yaratish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yoʻnalishlari boʻyicha baholangan. Tadqiqot natijalari sanoat infratuzilmasining samarali boshqaruvi va optimall ashtirilgan rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Kalit so'zlar
sanoat infratuzilmasi, optimallashtirish mexanizmlari, boshqaruv tizimi, qoʻshilgan qiymat, iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik, innovatsion rivojlanish