MAHSULOTLARNING RAQAMLI MAHSULOT PASPORTINI YARATISH JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada Yevropa Ittifoqining Barqaror mahsulotlar toʻgʻrisidagi reglamenti doirasida raqamli mahsulot pasporti konsepsiyasi va uni qoʻllab -quvvatlaydigan zamonaviy raqamli texnologiyalar tahlil qilinadi. MRP ning asosiy funksiyasi sifatida mahsulotning butun hayotiy sikli boʻyicha maʼlumotlarni raqamli identifikatsiya vositalari orqali isteʼmolchi, regulyator va biznes subyektlariga shaffof taqdim etish mexanizmlari yoritiladi. Blokcheyn texnologiyasining oʻzgarmas reyestri, aqlli shartnomalar va tokenlashtirish imkoniyatlari mahsulotlarni real aktiv sifatida raqamli ekotizimga olib kirish, mulkchilik huquqi va tranzaksiyalarni ishonchli boshqarish nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Maqolada shuningdek on-chain va off-chain yondashuvlarni birlashtirgan gibrid arxitekturalar, koʻp-zanjirli tarmoqlar kabi yechimlarning masshtablanuvchanlik, maxfiylik va oʻzaro ishlash talablarini qondirishdagi roli koʻrsatib beriladi. MRP, blokcheyn va tokenlashtirish birligi global taʼminot zanjirlari uchun yangi raqamli boshqaruv modeli sifatida baholanib, barqarorlik, shaffoflik va raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiluvchi strategik infratuzilma sifatida talqin etiladi.
Kalit so'zlar
mahsulot raqamli pasporti(MRP), raqamli identifikatsiyalash, blokcheyn texnologiyasi, tokenlashtirish, QR-kod, NFC, RFID texnologiyalari, barqaror va aylanma iqtisodiyot, ESPR reglamenti
Adabiyotlar ro'yxati
- Buterin V. A next-generation smart contract and decentralized application platform . white paper . 2014 Jan 14;3(37):2 -1.
- Heredia Querro S. Smart Contracts : Qué son, para qué sirven y para qué no servirán?( Smart Contracts : What Are They ? What Can Be Done with Them and What Cannot Be Done with Them ?). Smart Contracts : What Are They . 2020. 1 Rusch, M.; Schöggl, J. -P.; Baumgartner, R. J. Application of digital technologies for sustainable product management in a circular