Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

NAVOIY VILOYATIDA “YASHIL BELBOG‘”LAR BARPO ETISHDA INFRATUZILMA BILAN TA’MINLASH MINTAQAVIY MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI

Tashkilot
Navoiy davlat universiteti “Geografiya” kafedrasining dotsenti iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Annotatsiya

Mazkur maqola Navoiy viloyatida “yashil belbog‘”lar barpo etish jarayonida yuzaga kelayotgan infratuzilma bilan ta’minlashga oid mintaqaviy muammolar va ularning samarali yechimlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi miqyosida ekologik barqarorlikni ta’minlash, cho‘llanish jarayonlarini kamaytirish va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumxalq harakati doirasida bajarilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Navoiy viloyatining iqlimiy sharoiti, tabiiy resurslari hamda suv ta’minoti imkoniyatlaridan kelib chiqib, “yashil belbog‘”lar tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Maqolada ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillar o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqilib, “yashil belbog‘”larni barpo etish nafaqat atrof -muhitni muhofaza qilish, balki hududning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyati misolida mintaqaviy ekologik siyosatni takomillashtirish, barqaror infratuzilma yaratish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar

yashil belbog‘, Navoiy viloyati, infratuzilma, ekologiya, suv ta’minoti, tomchilatib sug‘orish, Yashil makon, atrof -muhitni muhofaza qilish, ekologik siyosat, mintaqaviy muammolar, energiya tejamkorlik, qayta tiklanuvchi energiya, iqlim o‘zgarishi, ekologik infratuzilma


Adabiyotlar ro'yxati

  1. Matthew G.Kirby, Alister J.Scott, Claire L.Walsh. A greener Green Belt? Co- developing exploratory scenarios for contentious peri-urban landscapes // Landscape and Urban Planning, Volume 255, 2025.
  2. S.Jang, J.Jung. Urban Form and Green Space Structure as Drivers of Urban Heat Mitigation // Sustainable Cities and Society, 2025, Vol. 130, Article 106597
  3. Coulibaly J.L.K., Dippold M.A., Chen S., Li Q., Bonkowski M. Nematode diversity loss and community change in urban green spaces explained by alterations in soil pore structure and chemical properties // Pedobiologia, 2025, №103, 150945.
  4. Казарян Р.А., Хачатрян В.В. Экологический каркас города или зелёный пояс // Вестник Евразийской науки. 2020. Т. 12. №1.
  5. Киселева О.А. Ботанические экскурсии по зеленому поясу Екатеринбурга: экотуризм, гражданский мониторинг и профориентация // Ботанические сады в современном мире. Санкт -Петербург, 2023. С. 50-54.
  6. Марченко Е.Е. Планировочные особенности лесопарковых зелёных поясов // Вестник Томского государственного архитектурно -строительного университета. Т. 27, № 4. Томск : Изд-во ТГАСУ, 2025. С. 54-59.
  7. Abdullayeva M., Usmonova T. ‘‘Yashil makon’’ umummilliy loyihani amalga oshirilishida manzarali o’simliklarining o’rni // International scientific journal of biruni. Vol. 1, issue 2. Oct. (2022)
  8. Karimova M.Z. Ekoshahar tashkil etishda “yashil” belbog‘ hamda “yashil” makonning o‘rni // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy jurnali. 2024 -yil, avgust, №8. – B. 476–479.
  9. Kalonov M. “Yashil” makon “yashil” iqtisodiyot farovonligimiz garovi // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali. 2025 -yil, yanvar, №1-son. 20–22-betlar.
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 -yil 15-avgustdagi PQ-250- sonli “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 -2028 -yillarga moʻljallangan dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori https://test.lex.uz/uz/docs/ -7686130
  11. https://gov.uz/oz/suvchi – O‘zbekiston Respublikasi Suv хo‘jaligi vazirligi sayti

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.