TRANSPORT TIZIMIDA LOGISTIK XIZMATLAR BOZORINING SHAKILLANISHI TARIXI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada transport tizimida logistika xizmatlari bozorining shakllanish
jarayoni, uning tarixiy bosqichlari hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalari tahlil
etilgan. Transport va logistika faoliyatining iqtisodiyotdagi o‘rni, yuk va yo‘lovchi
tashish jarayonlarining integratsiyalashuvi, multimodal tashish tizimlarining
shakllanishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, logistika vositachilari, transportekspeditorlik xizmatlari va raqamlashtirish jarayonlarining bozor rivojiga ta’siri ochib
berilgan. O‘zbekiston transport tizimini modernizatsiya qilish, logistika markazlarini
rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot
natijalari transport va logistika xizmatlari bozorining samarali faoliyatini ta’minlash
hamda milliy transport tizimining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: yuk yetkazib berish tizimi, transport xizmatlari bozori, yuk
aylanmasi, yoʻlovchi aylanmasi, transport integratsiyasi, yuklarni tashish jarayoni,
yuqori texnologiyali transport vositalari, mamlakatlarning transport tizimi, xalqaro
aloqalar.