OʻZBEKISTONDA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA TRANSPORT LOGISTIKASINI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Oʻzbekistonda eksport salohiyatini oshirishda transport
logistikasi tizimining oʻrni tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida temir yoʻl va avtomobil
transporti orqali tashilgan tashqi savdo yuklari hajmi, logistika infratuzilmasi holati
hamda transport xarajatlari dinamikasi statistik maʼlumotlar asosida oʻrganildi.
Transport turlarining tashqi savdo yuklarini tashishdagi ulushi, eksport, import va
tranzit yoʻnalishlari boʻyicha oʻzgarishlar baholandi. Tahlil natijalari transport
infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlarini rivojlantirish, bojxona
jarayonlarini raqamlashtirish va transport xizmatlari samaradorligini oshirish eksport
raqobatbardoshligini kuchaytirishini koʻrsatdi. Tadqiqot yakunida transport-logistika
tizimini rivojlantirish orqali eksport hajmini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlar
asoslab berildi.
Kalit soʻzlar: milliy daromad, eksport, transport logistikasi, temir yoʻl, bojxona,
bojxona boji, subsidiya, innovatsiya, tovar aylanmasi, investitsiya, makroiqtisodiy
barqarorlik, investor, yalpi ichki mahsulot, xususiy sektor, iqtisodiy resurslar, kapital.