YEVROPA ITTIFOQIDA EKOLOGIK SOLIQLAR VA ULARNING IQTISODIY SAMARASI
Annotatsiya
Annotatsiya
Maqolada Yevropa Ittifoqi davlatlarida ekologik soliqlar tizimi va ularning
iqtisodiy samarasi o‘rganildi. Tadqiqotda Pigou tashqi ta’sirlar nazariyasi hamda
Goulder tomonidan ilgari surilgan «ikki dividendlar» gipotezasi nazariy asos sifatida
qo‘llanildi. Eurostat va Jahon banki statistik ma’lumotlari asosida ekologik soliq
daromadlari tuzilmasi, iqtisodiyotdagi ulushi va soliq turlarining tarkibi tahlil qilindi.
Tahlil natijalari ekologik soliqlar iqtisodiy faoliyatga sezilarli salbiy ta’sir
ko‘rsatmagan holda emissiyalarni kamaytirish jarayoniga hissa qo‘shganini ko‘rsatdi.
Shvetsiya karbon solig‘i tajribasi ekologik fiskal instrumentlar iqtisodiy o‘sishni
saqlagan holda atrof-muhit ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berganini tasdiqladi.
Tadqiqot natijalari ekologik soliqlarni bosqichma-bosqich joriy etish va soliq
tushumlarini samarali qayta taqsimlash ijobiy iqtisodiy hamda ekologik natijalar
berishini ko‘rsatdi.
Kalit soʻzlar: ekologik soliq, karbon narxlash, «ikki dividendlar», Pigou soligʻi,
yashil fiskal islohot, emissiya savdosi tizimi.