RAQOBAT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA MARKETING VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YOʻLLARI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqobat muhiti keskinlashib borayotgan sharoitda sanoat
korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashda marketing vositalaridan samarali
foydalanishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda
iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun-mohiyati marketing faoliyati bilan uzviy
bogʻliqlikda ochib berilib, korxonalarda raqobat razvedkasi, bozor monitoringi,
marketing axborot tizimi, narx va tovar siyosati, segmentatsiya hamda strategik tahlil
kabi vositalarning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, marketing axborotlarini
tizimli yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlarining sifatini
oshirish, tashqi va ichki tahdidlarni erta aniqlash hamda resurslardan oqilona
foydalanish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar: raqobat razvedkasi, korxonalar, korxonalarning iqtisodiy va
moliyaviy xavfsizligi, xavf-xatarlar, strategik barqarorlikni.