OʻZBEKISTONDA IQTISODIY BARQARORLIKKA ERISHISHDA ISTIQBOLLI DRAYVER SOHALARNING OʻRNI
Abstract
Ensuring economic stability in the country is not only a matter of achieving sustainable growth rates, but also an important strategic task that ensures the continuous continuation of socio -economic development. This article analyzes the role of “driver” s ectors in achieving economic stability in the Republic of Uzbekistan — that is, sectors that act as the main driving force of the economy, their current state and future development prospects. In particular, the industry, information technology, agricultur e, logistics, energy and tourism sectors are considered as driver sectors, and each of them is evaluated based on the added value and new jobs created for the countryʼs economy, as well as its contribution to export potential. The article also deeply analy zes the factors that drive the development of driver sectors, in particular, state policy, investment environment, the state of introduction of innovative technologies, and the possibilities of effective use of foreign experience. Based on available statis tical data, the share of these sectors in GDP, their role in exports, and their role in meeting the demands of the domestic market are highlighted. The article concludes with the forecast results of achieving economic stability through driver industries an d recommendations for their implementation.
Keywords
Economic stability, driver industries, industry, GDP, agriculture, information technologies, logistics, energy sector, tourism potential, investments, export volume, innovations, public policy, economic growth, digital economy, export, import, national ec onomy, infrastructure. KІRІSH Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlar bosqichma -bosqich amalga oshirilayotgan, bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish yoʻlida jadal harakat qilayotgan mamlakatlardan biridir. Mustaqillik yillaridan buyon olib borilayotgan iqtisodiy siyosat davlatning asosiy maqsadiga — barqaror va farovon iqtisodiy rivojlanishga erishishga qaratilgan. Bunday barqarorlik esa, eng avvalo, mamlakat ichidagi ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, yangi texnologiyalarni jor iy qilish va eksport salohiyatini oshirish orqali amalga oshadi. 407 Shu nuqtai nazardan qaralganda, iqtisodiyotda asosiy harakatlantiruvchi kuch — yaʼni drayver sohalarning ahamiyati tobora ortib boradi. Drayver sohalar deganda iqtisodiy oʻsishni tezlashtirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga, innovatsion texnologiyalar ni joriy etishga va eksport hajmini koʻpaytirishga xizmat qiladigan strategik tarmoqlar tushuniladi. Bunday tarmoqlar Oʻzbekiston sharoitida sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport -logistika, energetika, axborot texnologiyalari va turizm kabi yoʻnalishlarni o ʻz ichiga oladi. Bu sohalar nafaqat oʻzlarining iqtisodiy salohiyati, balki boshqa tarmoqlarni ham rivojlantirishga turtki boʻladigan taʼsiri bilan ajralib turadi. Shu bois, Oʻzbekistonning iqtisodiy barqarorligiga erishishda aynan shu drayver sohalarning r oli yuqori hisoblanadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar drayver sohalarning rivojlanishiga qaratilgan. Xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, kichik biznes va xususiy tadbi rkorlikni qoʻllab -quvvatlash boʻyicha muhim qadamlar tashlangan. Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalar, klaster tizimi, zamonaviy agrotexnikalar joriy etilib, mahsulot yetishtirish hajmi oshmoqda. Transport va logistika yoʻnalishida esa yangi avt omobil va temir yoʻllar, xalqaro tranzit koridorlari, multimodal markazlar qurilishi Oʻzbekistonni mintaqaviy bogʻlovchi markazga aylantirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashda mavjud imkoniyatlar bilan birga, ayrim muammolar va cheklovlar ham mavjud. Jumladan, ayrim tarmoqlarda texnologik yangilanish surʼati past, investitsiyalarni jalb qilishda byurokratik toʻsiqlar mavjud, kadrlar salohiyati esa har doim zamon talablariga javob bermaydi. Ammo shunga qaramay, hukumat tomonidan bu yoʻnalishlarda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda, tahlillar asosida istiqbolli yoʻnalishlar tanlanmoqda, xorijiy tajribalar oʻrganilmoqd a. Eng asosiysi, jamiyatda oʻzgarishlarga boʻlgan ijobiy kayfiyat va ishonch tobora kuchayib bormoqda. Iqtisodiy barqarorlik — bu faqat raqamlar bilan oʻlchanadigan koʻrsatkich emas, balki aholi turmush darajasining yaxshilanishi, barqaror ish oʻrinlari yaratilishi, makroiqtisodiy muvozanatning saqlanishi, iqtisodiy xavfsizlikning taʼminlanishi kabi murakka b tizimlarning uygʻunligidir. Bu esa bevosita drayver sohalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularni zamonaviy bosqichga olib chiqish bilan chambarchas bogʻliqdir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat aynan shu maqsadlarni oʻz oldiga qoʻym oqda va bu yoʻnalishda qator dasturlar, strategiyalar ishlab chiqilgan. Yana bir muhim jihat shundaki, bugungi global iqtisodiyotda raqobat kuchli boʻlib, har bir davlat oʻzining ustuvor tarmoqlarini aniqlab, ularni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekiston ham bu borada chetda qolmayapti. Bunda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, milliy va hududiy investitsiya dasturlari aynan iqtisodiyotning drayver sohalariga asoslanmoqda. Bu esa uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka zamin yaratadi. Shuningdek, mahalliy xomashyo bazasiga tayangan holda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtish, ilm -fan bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi 408 integratsiyani kuchaytirish orqali iqtisodiy modelni yanada mustahkamlash koʻzda tutilgan. Barcha bu ijobiy oʻzgarishlar mamlakatning iqtisodiy mustahkamligini oshiradi. Ammo iqtisodiy barqarorlikka erishish jarayoni oʻz -oʻzidan kechmaydi. Bu jarayon doimiy monitoring, tahlil, innovatsion yondashuv va qatʼiy siyosiy iroda talab qiladi. Drayver s ohalarning istiqboli haqida fikr yuritganda, biz faqat hozirgi holatni emas, balki kelgusi yillarda bu tarmoqlar qanday yoʻnalishda rivojlanishini, qanday imkoniyatlar va tahdidlar mavjudligini ham hisobga olishimiz lozim. Bu esa oʻz navbatida ilmiy yondas huv, strategik rejalashtirish va xalqaro tajribani chuqur oʻrganishni talab qiladi. Shunday ekan, ushbu maqolada Oʻzbekistonda iqtisodiy barqarorlikka erishish jarayonida asosiy drayver sohalarning bugungi holati, ularning rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida tahliliy yondashuv asosida fikr y uritiladi. Maqolada amaliy misollar, statistika, mavjud strategiyalar va real tajribalar asosida drayver sohalarning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni yoritiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi, raqobatbardosh sohalarnin g rivoji, hududlar kesimidagi imkoniyatlar haqida ham fikr yuritiladi. Asosiy maqsad esa — Oʻzbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda drayver sohalarning tutgan oʻrni va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasiga eʼtib or qaratishdan iboratdir. ADABІYOTLAR SHARHІ Iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda drayver sohalarning roli bugungi kunda muhim ilmiy va amaliy masalalardan biridir. Ushbu mavzu yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar iqtisodiy oʻsish va barqarorlikka taʼsir qiluvchi asosiy omillarni yaxshiroq tushunish u chun ilmiy asos yaratadi. Soʻnggi paytlarda oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, drayver tarmoqlari — iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan va innovatsion yoʻnalishlari — mamlakatning iqtisodiy tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga, bandlikning oshishiga va investitsiyalarni jalb qilishga yordam bermoqda. Bu borada olib borilgan ilmiy izlanishlar va nazariy qarashlar iqtisodiy barqarorlikning shakllanishi va rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Drayver sohalarning roli iqtisodiyotning turli tarmoqlarida koʻrib kelinmoqda. Masalan, Shirinov S.E. soliq salohiyatini aniqlashda soliq bazasi va meʼyorlariga urgʻu beradi. Uning fikriga koʻra, “hududiy soliq salohiyati — bu iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlanishi mumkin boʻlgan soliqlar hajmini baholovchi koʻrsatkich boʻlib, u soliq bazasi va meʼyorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”. Bunga asoslanib aytadigan boʻlsak, norasmiy sektor, yashirin iqtisodiyot va soliq qochirish kab i omillar bu salohiyatni toʻliq roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilishi mumkin [7]. Muzaffar Toshboyev oʻzining “Mintaqalarning ekologik -iqtisodiy xususiyatlari va ularning barqaror rivojlanish bilan bogʻliqligi” nomli maqolasida drayver sohalar, ayniqsa, sanoat va qishloq xoʻjaligi ekologik barqarorlikni saqlagan holda rivojlanishi zarur ligini taʼkidlaydi. U iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda mintaqaviy yondashuv va resurslardan oqilona foydalanishni muhim deb hisoblaydi [8]