YOʻL QURILISHIDA INVESTITSIYAVIY MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Affiliation
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar Boshqarma boshligʻi
Abstract
Mazkur tezisda yoʻl qurilishi sohasida investitsiyaviy moliyalashtirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi tadqiq etildi. Tadqiqot davomida avtomobil yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirishda davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, davlat-xususiy sheriklik hamda obligatsiyalar orqali moliyalashtirish usullarining iqtisodiy ahamiyati tahlil qilindi. Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish investitsiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirishi asoslandi. Raqamli monitoring tizimlarini joriy etish loyiha xarajatlarini nazorat qilish va investitsiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yoʻl qurilishi loyihalarida zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlarini qoʻllash infratuzilma rivojlanishini jadallashtirishda muhim omil ekanligini koʻrsatdi.References
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid qarorlari
- Vahobov A., Ishonqulov N. Investitsiyalarni moliyalashtirish. – T.: Iqtisod- moliya, 2021
- World Bank. Infrastructure Finance and Public-Private Partnerships Reports, 2024
- Asian Development Bank. Transport Sector Assessment for Uzbekistan, 2023
- OECD. Infrastructure Investment and Economic Growth, 2022
Downloads
Download data is not yet available.