Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH ORQALI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻNALISHLARI

Affiliation
Tashkent State University of Economics image/svg+xml

Abstract

Ushbu tezis Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misolida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy va tashkiliy samaralarini ilmiy tahlil qiladi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish vazifalari hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030”1 va “Oʻzbekiston – 2030” 2 strategiyalarida belgilangan maqsadlar kontekstida ERP, CRM, IoT, EAM/PM, AI/Big Data va bulutli texnologiyalar integratsiyasining korxona daromadliligi, tannarx, resurslardan foydalanish, xavflarni boshqarish va boshqaruv shaffofligiga taʼsiri asoslanadi. OKMKning koʻp tarmoqli ishlab chiqarish infratuzilmasi (kon boshqarmalari, boyitish fabrikalari, mis eritish va rux zavodlari va h.k.) uchun yagona maʼlumotlar makonini shakllantirish zarurati, real vaqt rejimidagi biznes-tahlil, operatsion jarayonlarni robotlashtirish va aktivlarni prediktiv xizmat koʻrsatish orqali uzluksizlikni taʼminlash mexanizmlari yoritiladi. Natijalar raqamli texnologiyalar kompleks joriy etilganda ishlab chiqarish hajmi va sifat koʻrsatkichlarining barqaror oʻsishi, operatsion xarajatlar va texnologik toʻxtalishlarning kamayishi, byudjet intizomi va eksport salohiyatining kuchayishini koʻrsatadi.

References

  1. Aripov A. R. et al. O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining shakllanish va rivojlanish tarixi //Sanoatda raqamli texnologiyalar. – 2024. – Т. 2. – №. 03
  2. Arifdjanovna, Abdullayeva Shaxnoza. "AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA RAQAMLASHTIRISH YORDAMIDA INVESTITSION LOYIHA JARAYONLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH (OKMK misolida)." Modern education and development 35.2 (2025): 222-227
  3. Oracle (2024). ERP Finance: Real-time cash forecasting and integrated decision-making. Oracle
  4. AlMuhayfith et al. (2020–2022). ERP adoption and improvement in financial/non-financial performance (SME and national context). ScienceDirect
  5. SAP Community (2023). Intelligent Enterprise in Mining — Emphasis on asset availability, safety, and cost management. SAP Community
  6. https://agmk.uz/

Downloads

Download data is not yet available.