OʻZBEKISTON OLIY TAʼLIM TIZIMIDA EDUTECH VA SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA INDIVIDUAL MARKETING STRATEGIYALARINI ISHLAB CHIQISH
Affiliation
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishlar boshqaruvchisi
Abstract
Ushbu tezis Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida EduTech yechimlari va sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalariga tayangan individual (shaxsiylashtirilgan) marketing strategiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va baholash masalalarini oʻrganadi. Tadqiqotda rekrutment jarayoni “maʼlumotdan arizaga, arizadan qabulga” boʻlgan uzluksiz raqamli voronka sifatida koʻriladi; unda SEO, SMM, chatbotlar, taʼlimga ixtisoslashgan analitika, hamda tavsiyaviy tizimlar (recommender systems) integratsiyasi orqali talaba tajribasini shaxsiylashtirish mexanizmlari asoslanadi. Aralash metod (raqamli kuzatuv + soʻrovnoma) yordamida 2024-yilda uchta yirik OTM kesimida SI-yoʻnaltirilgan individual marketing protokoli sinovdan oʻtkazildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, SI asosidagi segmentatsiya va tavsiyalar konversiyani oshiradi. Taqdim etilgan konseptual ramka va boshqaruv koʻrsatkichlari (KPI) toʻplami Oʻzbekiston sharoitida “Study in Uzbekistan” ekotizimi bilan muvofiqlashtirilgan holda replikatsiya qilish uchun taklif etiladi.References
- Choudaha, R. (2018). Building sustainable international student recruitment strategy: Integrating data, digital, and diversity. Journal of International Students, 8(3), 1458–1475
- Kotler, P., Kartajaya, H., & Setiawan, I. (2021). Marketing 5.0: Technology for Humanity. John Wiley & Sons
- Laurenza, E., Quintano, M., Schiavone, F., & Vrontis, D. (2018). The effect of digital technologies adoption in healthcare industry: A case-based analysis. Business Process Management Journal, 24(4), 965–984. https://doi.org/10.1108/BPMJ-04- 2017-0084
- Okonkwo, C. W., & Ade-Ibijola, A. (2021). Chatbots applications in education: A systematic review. Computers and Education: Artificial Intelligence, 2, 100033. https://doi.org/10.1016/j.caeai.2021.100033
- Vrontis, D., Thrassou, A., & Melanthiou, Y. (2017). Brand management and higher education marketing: A strategic review and implications for the future. Journal of Marketing for Higher Education, 27(2), 232–245
- Vrontis, D., & Papasolomou, I. (2020). Digital and social media marketing in higher education: Implications for global branding. International Journal of Educational Management, 34(9), 1551–1568
- Kaplan, A. M., & Haenlein, M. (2020). The challenges and opportunities of social media marketing in the 21st century. Business Horizons, 63(1), 37–50
Downloads
Download data is not yet available.