SANOAT KORXONASIDA RENTABELLIKNI OSHIRISH: MAVJUD TEXNOLOGIYALARNI TAHLILI VA INNOVATSION YECHIMLAR
Abstract
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston sanoat korxonalarida, xususan “Mexmash” MChJ misolida, samaradorlikni oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini anʼanaviy ishlab chiqarish usullari bilan solishtirgan holda tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida vintlar va burg‘ular ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida mahsuldorlik, xarajatlar samaradorligi va rentabellik kabi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Maʼlumotlar miqdoriy tahlil usullari asosida yigʻildi va real holatdagi korxona misolida oʻrganildi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan korxonalar operatsion samaradorlik va raqobatbardoshlikda sezilarli oʻsishga erishgan boʻlib, bu ularning moliyaviy koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Tadqiqot sanoat korxonalarida innovatsion yondashuvlarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun muhim omillarni aniqlab berdi hamda texnologik modernizatsiyani amalga oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni ilgari surdi. Ushbu xulosalar mamlakat sanoatining barqaror rivojlanishi va innovatsion oʻsishini taʼminlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.References
- )
- Brown, L. (2021). The Impact of Automation on Industrial Efficiency. Academic Press. (Avtomatlashtirish boʻyicha tadqiqotlar)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Sanoatni yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Jones, P. (2023). Cost Optimization in Manufacturing Processes. Journal of Business Economics, 45(2), 110-125
- DIN 7504 (2023). Self-drilling screws with tapping heads. (Yevropa standartlari, mahsulotning texnik talablariga oid)
- ISO 898-1 (2013). Fasteners — Mechanical properties of fasteners made of carbon steel and alloy steel. (Xalqaro standart, qattiqlik va mexanik xususiyatlarga oid)
Downloads
Download data is not yet available.