EKSPORTNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda moliyaviy, institutsional, sug‘urta, transport va maslahat ko‘magining rivojlanish bosqichlari tizimlashtirildi. 2017–2025-yillardagi normativ-huquqiy o‘zgarishlar hamda JST talablariga moslashuv jarayoni qiyosiy baholandi. Natijalar eksportni bevosita rag‘batlantirishdan korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarga o‘tish samarali bo‘lganini ko‘rsatdi. Xalqaro sertifikatlash, akkreditatsiya, logistika, marketing va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati asoslandi. Taklif etilgan yondashuv eksport ko‘magining manzilliligi va natijadorligini oshirish, tarmoq hamda hudud xususiyatlarini hisobga olish va eksportyorlarning xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlash uchun amaliy asos yaratdi. Yordam vositalarini aniq KPIlar asosida baholash va raqamli eksport platformalarini rivojlantirish zarurligi belgilandi. Mazkur mexanizm eksport barqarorligini ham qo‘llab-quvvatladi.
Keywords
eksport, davlat qo‘llab-quvvatlashi, JST, raqobatbardoshlik, sertifikatlash, logistika, eksportyor, raqamli platforma.
References
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabr PF-157-son “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-7158969
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabr PF-268-son “Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/-6323768
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-yanvar 2025-yildagi 18-son “Eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori https://lex.uz/uz/docs/-7327814
- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibiga oid uslubiy qoʻllanma. - Toshkent. “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, 2025-y. - 17 b.;
- Hojiyev Rustam Hojimurodovich, “Oʻzbekistonda eksportni moliyaviy qoʻllabquvvatlash yoʻnalishlarini takomillashtirish”, Central Asian journal of academic research, Volume 2, Issue 6, June 2024, 222-227-betlar, https://doi.org/10.5281/zenodo.12177488.;
- Muxtarov Maxmudjon Marifovich, “The effect of product diversification on the economic efficiency of industrial enterprises”, German International Journal of Modern Science №68, 2023, 19-21-pages, https://zenodo.org/records/10151164. ;
- Ilyosov Asrorjon Axrorjon oʻgʻli, “Sanoat mahsulotlari eksportinining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari: xorij tajribasi va amaliyoti”, International journal of theoretical and practical research, ISSN 2181-2357, 2023, 84-90-betlar, https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8088528.;
- Qobiljon Abduqodirovich Isayev, “Tashqi savdo siyosatida notarif metodlarning qoʼllanilishi va zamonaviy xususiyatlari”, Scientific progress, Volume 2, Issue 4, 2021, ISSN: 2181-1601, www.scientificprogress.uz, 618-629-betlar.