GILAMCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOTLAR EKSPORTI SALOHIYATINI OSHIRISH BOʻYICHA MARKETING DASTURINI ISHLAB CHIQISH

Abstract

Maqolada gilamchilik korxonalarining eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi marketing dasturining tarkibi va amaliy yoʻnalishlari ishlab chiqildi. Tadqiqotda tizimli yondashuv, marketing tahlili, guruhlash, qiyosiy taqqoslash va statistik koʻrsatkichlarni baholash usullaridan foydalanildi. Oʻzbekiston toʻqimachilik eksportining tarkibi rasmiy maʼlumotlar asosida oʻrganildi, “SAG” MCHJ faoliyati esa korxona darajasidagi tahlil obyekti sifatida tanlandi. Natijada maqsadli bozorlarni guruhlash, mahsulot assortimentini yangilash, narx va kommunikatsiya siyosatini muvofiqlashtirish hamda raqamli savdo kanallarini rivojlantirish zarurligi asoslandi. Taklif etilgan dastur marketing faoliyatini tizimlashtirish, nazoratni kuchaytirish va eksport natijadorligini oshirishga yoʻnaltirildi. Unda bozorlarni egallangan, rivojlantirilayotgan va istiqbolli guruhlarga ajratish korxona resurslarini oqilona taqsimlashga yordam bergani hamda qarorlar izchilligini taʼminlash imkonini yaratgani koʻrsatildi.

Keywords

gilamchilik sanoati, eksport salohiyati, marketing dasturi, maqsadli bozor, assortiment siyosati, raqamli marketing, raqobatbardoshlik.


References

  1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: Oʻzbekiston, 2017. - 48 b.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-3107036
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-8050769
  4. Kotler P., Keller K.L. Marketing Management. 15th ed. - Harlow: Pearson Education, 2016. - 832 p.
  5. Porter M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. - New York: Free Press, 1985. - 557 p.
  6. Ansoff H.I. Corporate Strategy: An Analytic Approach to Business Policy for Growth and Expansion. - New York: McGraw-Hill, 1965. - 241 p.
  7. Soliev A. Marketing. - T.: ART-FLEKS, 2013. - 222 b.
  8. Musaeva Sh.A. Marketing tadqiqotlari: darslik. - Samarqand: “STAR-SEL” MCHJ nashriyot va ijodiy boʻlimi, 2023.
  9. Musaeva Sh.A. Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasi: oʻquv qoʻllanma. - Samarqand: “Mahorat” nashriyoti, 2022.
  10. Musaeva Sh.A., Usmonova D.I. Innovatsion marketing: oʻquv qoʻllanma. - T.: “TURON NASHR”, 2021.
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Tashqi savdo aylanmasi boʻyicha press-reliz. 2026-yil yanvar-fevral oylari yakuni. Eʼlon qilingan sana: 30.03.2026-y. https://stat.uz/img/news/press-reliz-uzb_p25554.pdf
  12. Oʻzbekiston toʻqimachilik eksporti 24 foizga oshdi (Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari, 2026-yil yanvar-iyun) [Elektron resurs]. https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/uzbekistan-toqimachilik-eksporti-24-foizga
  13. 2025-yilda Oʻzbekiston tashqi savdosi qanday oʻzgardi? [Elektron resurs]. - 2026-yil 29-yanvar. https://www.gazeta.uz/oz/2026/01/29/trade-2025/
  14. “SAG” MCHJning rasmiy sayti. http://www.sag.uz

Downloads

Download data is not yet available.