BARQAROR INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA FAN, TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINING RAQAMLI EKOTIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Tezisda barqaror innovatsiyalarni rivojlantirishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining raqamli ekotizimini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. “Uchlik spiral”, “toʻrtlik spiral” va innovatsion ekotizim yondashuvlari asosida integratsiya ishtirokchilari oʻrtasidagi aloqalarning nazariy asoslari umumlashtirildi. Jahon intellektual mulk tashkilotining Global innovatsion indeksi maʼlumotlari asosida Oʻzbekistonning 2020-2025-yillardagi oʻrni hamda innovatsion resurslar va natijalar oʻrtasidagi tafovut baholandi. Resurslar subindeksidagi oʻrin izchil yaxshilanayotgani, natijalar esa ortda qolib, tafovut 2023-yildagi 16 pogʻonadan 2025-yilda 23 pogʻonaga kengaygani aniqlandi; ilmiy-tadqiqot xarajatlari ulushini va universitetlar bilan sanoat hamkorligini oshirish asosiy zaxira sifatida koʻrsatildi. Ilmiy ishlanmalar bozori, kompetensiyalar, qoʻshma loyihalar va barqarorlik monitoringi modullaridan iborat raqamli ekotizim modeli hamda uni takomillashtirish mexanizmlari taklif etildi. Ekotizim samaradorligini baholash uchun fan, taʼlim, ishlab chiqarish, barqarorlik va integratsiya yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatkichlar tizimi hamda innovatsion resurslar va natijalar tafovutini oʻlchovchi oddiy koʻrsatkich ishlab chiqildi.

Keywords

barqaror innovatsiya, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi, raqamli ekotizim, uchlik spiral, Global innovatsion indeks, raqamli platforma.


References

  1. Adner, R. (2006). Match your innovation strategy to your innovation ecosystem. Harvard Business Review, 84(4), 98-107. https://hbr.org/2006/04/match-your-innovation-strategy-to-your-innovation-ecosystem
  2. Ankrah, S., & Al-Tabbaa, O. (2015). Universities-industry collaboration: A systematic review. Scandinavian Journal of Management, 31(3), 387-408. https://doi.org/10.1016/j.scaman.2015.02.003
  3. Carayannis, E. G., & Campbell, D. F. J. (2009). “Mode 3” and “Quadruple Helix”: Toward a 21st century fractal innovation ecosystem. International Journal of Technology Management, 46(3/4), 201-234. https://doi.org/10.1504/IJTM.2009.023374
  4. Etzkowitz, H., & Leydesdorff, L. (2000). The dynamics of innovation: From National Systems and “Mode 2” to a Triple Helix of university-industry-government relations. Research Policy, 29(2), 109-123. https://doi.org/10.1016/S0048-7333(99)00055-4
  5. Granstrand, O., & Holgersson, M. (2020). Innovation ecosystems: A conceptual review and a new definition. Technovation, 90-91, 102098. https://doi.org/10.1016/j.technovation.2019.102098
  6. Moore, J. F. (1993). Predators and prey: A new ecology of competition. Harvard Business Review, 71(3), 75-86. https://hbr.org/1993/05/predators-and-prey-a-new-ecology-of-competition
  7. Nambisan, S., Wright, M., & Feldman, M. (2019). The digital transformation of innovation and entrepreneurship: Progress, challenges and key themes. Research Policy, 48(8), 103773. https://doi.org/10.1016/j.respol.2019.03.018
  8. Perkmann, M., Tartari, V., McKelvey, M., Autio, E., Broström, A., D’Este, P., Fini, R., Geuna, A., Grimaldi, R., Hughes, A., Krabel, S., Kitson, M., Llerena, P., Lissoni, F., Salter, A., & Sobrero, M. (2013). Academic engagement and commercialisation: A review of the literature on university-industry relations. Research Policy, 42(2), 423-442. https://doi.org/10.1016/j.respol.2012.09.007
  9. Schaltegger, S., & Wagner, M. (2011). Sustainable entrepreneurship and sustainability innovation: Categories and interactions. Business Strategy and the Environment, 20(4), 222-237. https://doi.org/10.1002/bse.682
  10. WIPO. (2024). Global Innovation Index 2024: Uzbekistan. Geneva: World Intellectual Property Organization. https://www.wipo.int/edocs/gii-ranking/2024/uz.pdf
  11. WIPO. (2025). Global Innovation Index 2025: Uzbekistan. Geneva: World Intellectual Property Organization. https://www.wipo.int/edocs/gii-ranking/2025/uz.pdf
  12. Yangi Oʻzbekiston. (2025, September 17). Uzbekistan ranked 79th in the Global Innovation Index - 2025. https://yuz.uz/en/news/uzbekistan-zanyal-79-e-mesto-v-globalnom-indekse-innovatsiy---2025
  13. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyul OʻRQ-630-son “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-4910391
  14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabr PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

Downloads

Download data is not yet available.