BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA HUDUDIY AGRAR IXTISOSLASHUV SAMARADORLIGI: DAROMADLAR BARQARORLIGI VA BOZOR XATARLARI ASOSIDA USTUVOR YOʻNALISHLARNI BELGILASH
Abstract
Maqolada hududiy agrar ixtisoslashuv bioiqtisodiyotning biomassa va bioresurs bazasi sifatida koʻrib chiqildi hamda uning samaradorligi daromadlar barqarorligi va bozor xatarlari mezonlari asosida baholandi. Bioiqtisodiyot, sirkulyar iqtisodiyot va portfel nazariyasiga oid xalqaro adabiyotlar umumlashtirilib, hududiy ustuvorliklarni belgilashda oʻsish surʼati bilan birga uning tebranuvchanligini hisobga olish zarurligi asoslandi. Milliy statistika qoʻmitasining 2016-2024-yillardagi hududiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari maʼlumotlari boʻyicha oʻrtacha yillik nominal oʻsish, standart chetlanish, variatsiya koeffitsiyenti va riskka moslashtirilgan koʻrsatkich hisoblandi. Tahlil Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 viloyatni qamrab olgan. Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida oʻsish nisbatan barqaror kechgani, Fargʻona viloyatida yuqori oʻsish kuchli tebranish bilan birga shakllangani aniqlandi. Natijalar asosida bioenergetika, biomahsulotlarni chuqur qayta ishlash va biooʻgʻitlar ishlab chiqarishni hududlarning barqarorlik darajasiga mos ravishda ustuvorlashtirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqildi va konseptual model taklif etildi.
Keywords
bioiqtisodiyot, hududiy agrar ixtisoslashuv, bioresurs bazasi, daromadlar barqarorligi, bozor xatarlari, variatsiya koeffitsiyenti, riskka moslashtirilgan baholash, ustuvor yoʻnalishlar.
References
- Bowman, M. S., & Zilberman, D. (2013). Economic factors affecting diversified farming systems. Ecology and Society, 18(1), 33. https://doi.org/10.5751/ES-05574-180133
- Bugge, M. M., Hansen, T., & Klitkou, A. (2016). What is the bioeconomy? A review of the literature. Sustainability, 8(7), 691. https://doi.org/10.3390/su8070691
- D’Amato, D., Droste, N., Allen, B., Kettunen, M., Lähtinen, K., Korhonen, J., Leskinen, P., Matthies, B. D., & Toppinen, A. (2017). Green, circular, bio economy: A comparative analysis of sustainability avenues. Journal of Cleaner Production, 168, 716-734. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2017.09.053
- European Commission. (2018). A sustainable bioeconomy for Europe: Strengthening the connection between economy, society and the environment. Updated Bioeconomy Strategy. Luxembourg: Publications Office of the European Union. https://knowledge4policy.ec.europa.eu/publication/sustainable-bioeconomy-europe-strengthening-connection-between-economy-society_en
- FAO. (2023). What is a sustainable and circular bioeconomy? Rome: FAO. https://www.fao.org/3/cc6905en/cc6905en.pdf
- FAO. (2024). The State of Food and Agriculture 2024: Value-Driven Transformation of Agrifood Systems. Rome: FAO. https://doi.org/10.4060/cd2616en
- Markowitz, H. (1952). Portfolio selection. The Journal of Finance, 7(1), 77-91. https://doi.org/10.1111/j.1540-6261.1952.tb01525.x
- OECD. (2009). The Bioeconomy to 2030: Designing a Policy Agenda. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264056886-en
- OECD. (2025). Agricultural Policy Monitoring and Evaluation 2025: Making the Most of the Trade and Environment Nexus in Agriculture. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/a80ac398-en
- Sharpe, W. F. (1966). Mutual fund performance. The Journal of Business, 39(S1), 119-138. https://doi.org/10.1086/294846
- Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-apreldagi OʻRQ-766-son “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-5980334
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-354-son “Agrar sohada moliyaviy qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/8514907
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmi (yillik), hududlar kesimida, mlrd soʻm. SIAT, SDMX 1439. https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_1439.pdf
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. 2025-yil yanvar-dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish (dastlabki maʼlumotlar). Press-reliz, 2026-yil 23-yanvar. https://stat.uz/img/news/ishlo-khzhaligi-press-reliz-uzb_p17121.pdf