FINANCING JOINT STOCK COMPANIES THROUGH THE SECURITY MARKET
Abstract
This article highlights the role and importance of the securities market as one of the modern methods of financing joint -stock companies. Today, in a market economy, the need to attract external financial resources to ensure sustainable financial growth of enterprises is increasing. In particular, the issue of open shares, the issuance of bonds, and the use of secondary market operations are recognized as important sources of attracting investments for joint -stock companies. The article provides an in -depth analysis of the structure, functions, impact on the activities of joint -stock companies, and their role in increasing the financial soundness of these companies. It also examines the reforms being implemented to develop the securities market in Uzbekistan , the regulatory framework, and existing problems. Factors such as bureaucratic obstacles faced by joint -stock companies in financing through securities, low investor confidence, and lack of liquidity in the market were analyzed, and practical prop osals were developed to eliminate them.
Keywords
Joint -stock companies, securities market, financing, investment, shares, bonds, capital market, issuance, investor, financial stability, corporate governance, stock exchange, shareholder. KІRІSH Bozor iqtisodiyotida korxona va tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini os hirish moliyalashtirish tizimining rivojlanganligiga bevosita bogʻliqdir. Ayniqsa, erkin bozor sharoitida tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarining mukammal ishlashi iqtisodiyotning umumiy taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. Shu j ihatdan qaralganda, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligi va ularning rivojlanish istiqbollari moliyalashtirish manbalarining xilma -xilligiga va ularning mavjudlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Moliyalashtirishning eng zamonaviy va samarali usullaridan biri bu qimmatli qogʻozlar bozori orqali kapital jalb etish hisoblanadi. Mazkur bozor aksiyadorlik jamiyatlari uchun nafaqat qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb etish maydoni, balki ularning bozo rdagi bahosini aniqlash, korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ayni paytda qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish masalasi Oʻzbekistonda ham dolzarb boʻlib, bu yoʻna lishda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat aktivlarini xususiylashtirish, fond bozorini institutsional jihatdan rivojlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy vositalar xilma -xilligini taʼminlash kabi choralari bular jumlasidan dir. Aksiyadorlik jamiyatlarining oʻz faoliyatini kengaytirish, mavjud infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish borasida qimmatli qogʻozlar bozoridan foydalanish darajasi, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda juda yuqoridir. Bunday mamlakatlarda aksiyadorlik 33 jamiyatlari aksiyalar chiqarish, obligatsiyalar joylashtirish orqali fond bozoridan faol foydalanadi va joriy operatsion xarajatlar bilan birga uzoq muddatli strategik maqsadlar uchun ham mablagʻ toʻplaydi. Bu esa oʻz navbatida jamiyatning bozorga ochiqlig ini, ishonchliligini oshirib, investorlar eʼtiborini jalb etadi. Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining katta qismi kapital jalb etishda bank kreditlariga tayanadi, bu esa moliyaviy yuklamalarni oshiradi, foiz xarajatlarini koʻpaytiradi va risklar darajasini oshiradi. Shunga koʻra, fond birjalari faoliyatini raqamlashtirish, elekt ron savdo maydonchalarini keng joriy etish, axborot texnologiyalarini jalb qilish orqali bozor ishtirokchilari uchun qulay muhit yaratish zaruriyati mavjud. Bu orqali qimmatli qogʻozlar bozori nafaqat moliyaviy vosita, balki milliy iqtisodi yotning sogʻlom rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim vositaga aylanadi. Shuningdek, bu bozor orqali moliyalashtirish jarayoni aksiyadorlik jamiyatlari uchun nafaqat moliyaviy foyda, balki tashqi investorlarga ochiqlik, shaffoflik va samaradorlik tamoyillar ini joriy etishni ham talab qiladi. Global iqtisodiy sharoitda ommaviy kompaniyalar uchun axborotni oshkora yetkazish, xalqaro standartlar asosida hisobot yuritish, audit jarayonlaridan muntazam oʻtish kabi mezonlar muhim rol oʻynaydi. Bu esa qimmatli qogʻ ozlar bozori orqali mablagʻ jalb etayotgan jamiyatlar uchun yangi imkoniyatlar bilan birga, yangi masʼuliyatlar ham yuklaydi. ADABІYOTLAR SHARHІ Qimmatli qogʻozlar bozori va aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirish masalalari boʻyicha bir qator iqtisodchi olimlar nazariy va amaliy izlanishlar olib borgan. Bu mavzu, ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlar uchun dolzarb boʻlib, koʻpla b asarlarda uning iqtisodiy samaradorligi va institutsional mexanizmlari tahlil qilingan. Masalan, tadqiqotchi Naurizbayev A.R. qimmatli qogʻozlar bozorining iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi oʻrni va uning transformatsion iqtisodiyotdagi ahamiyatini chuq ur yoritgan. Uning fikricha, qimmatli qogʻozlar bozori kapitalni jamlash va uni samarali taqsimlashning eng muhim vositasidir. Shuningdek, u aksiyadorlik jamiyatlarining kapital tuzilmasini mustahkamlashda qimmatli qogʻozlar emissiyasi muhim rol oʻynashini taʼkidlaydi. Muallifning taʼrificha, “qimmatli qogʻozlar bozori – bu bozor ishtirokchilari oʻrtasida kapital harakatini tashkil etuvchi institut boʻlib, u investitsion jarayonni qulaylashtiradi va iqtisodiy oʻsishga zamin yaratadi” [4]. Frederic S. Mishkin qimmatli qogʻozlar bozorining moliyaviy tizimdagi oʻrnini chuqur tahlil qilgan. Uning fikricha, “qimmatli qogʻozlar bozori – bu moliyaviy vositalar orqali iqtisodiy agentlar oʻrtasida resurslar oqimini taʼminlaydigan institut boʻlib, u iqtisodiy oʻsishning uzviy omilidir”. U shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari oʻz faoliyatini kengaytirish va investitsiyalar jalb qilishda aynan fond bozori orqali moliyalashtirish mexanizmlarini samarali qoʻllashi mumkinligini taʼkidlaydi. Mishkin bu bozo rdagi axborot shaffofligi va tartibga soluvchi institutlarning mustahkamligi qimmatli qogʻozlar muomalasi barqarorligini taʼminlaydi, deb hisoblaydi [5]. Butikov I.L. aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishda qimmatli qogʻozlar chiqarish usulining ustunlik va kamchiliklarini tahlil qiladi. Uning fikriga koʻra, 34 “aksiyadorlik jamiyatini qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali moliyalashtirish kompaniyaga qarzsiz kapital jalb qilish, mustaqillikni saqlab qolish va uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish imkonini beradi”. Bunga asoslanib aytish mumkinki, qimmat li qogʻozlar orqali moliyalashtirish mexanizmi samarador boʻlishi uchun kompaniya ichki boshqaruv tizimi, aksiyadorlar siyosati va ochiqlik darajasi muvozanatda boʻlishi lozim [6]. Belaruslik A.Yu. Shiryaev davlatning investitsion siyosatini qimmatli qogʻozlar bozori orqali amalga oshirishda aksiyadorlik jamiyatlari ishtirokining muhimligini taʼkidlaydi. Uning fikriga koʻra, “qimmatli qogʻozlar bozori – bu davlat kapitali va xususiy sarmoyalar oʻrtasida strategik hamkorlikni shakllantiruvchi vosita boʻlib, u orqali davlat investitsiyalarini jalb qilish, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy mustahkamligini taʼminlash mumkin”. Bunga asoslanib aytadigan boʻlsak, aksiyadorlik jamiyatlar ini moliyalashtirishda davlat ishtirokidagi qimmatli qogʻozlar mexanizmi samaradorlik va ishonch muhitini taʼminlaydi [7]. R.A. Alimov va L.Sh. Sultanova Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bozorining ichki sarmoyalarni jalb qilishdagi ahamiyatini tahlil qilar ekan, ushbu bozorni moliyaviy resurslarning real iqtisodiyotga yoʻnaltirilishini taʼminlovchi vosita sifatida koʻrsatadi. Ularning fikriga koʻra, “fond bozori orqali aksiyadorlik jamiyatlari kapitalni toʻgʻridan -toʻgʻri jalb qilishi, investorlar esa yuqori texnologiyali kompaniyalar faoliyatida ishtirok etishi, ris klarni diversifikatsiya qilishi hamda korporativ boshqaruvda qatnashishi mumkin”. Bu esa aksiyadorlik jamiyatlarini zamonaviy moliyalashtirishda qimmatli qogʻozlar bozorining oʻrnini mustahkamlaydi. Shuningdek, mualliflar qimmatli qogʻozlar bozori rivojini ng ichki investitsiyalar salohiyatini toʻliq ishga solishga yordam berishini, lekin hozirgi holatda bu salohiyat toʻliq roʻyobga chiqmayotganini taʼkidlaydi [8]. V.S. Goncharov milliy iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmini tahlil qilar ekan, qimmatli qogʻozlar bozorining investitsiya faolligini oshirishdagi oʻrnini alohida taʼkidlaydi. Uning fikriga koʻra, “aksiyadorlik jamiyatlari uchun qimmatli qogʻozlar emis siyasi orqali moliyaviy resurslarni jalb etish bozor mexanizmini kuchaytiradi, bu esa moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash imkonini beradi”. Muallif ushbu mexanizmni isloh qilish va investitsiya muhitini yaxshilash orqali fond bozorining real iqtisodiyotga xizmat qilishini kengaytirish mumkinligini qayd etadi. Ayniqsa, fond bozorining institutsional infratuzilmasi va investorlarning huquqiy himoyasi darajasini oshirish zarurligini taʼkidlaydi. Bu esa bevosita aksiyadorlik jamiyatlari uchun samarali moliyalashtirish manbai yaratishda muhim omil hisoblanadi [9]. METODOLOGІYA Maqolada ilmiy -tadqiqotning zamonaviy metodologik yondashuvlariga tayanildi. Asosiy eʼtibor, aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish jarayonini tizimli tahlil qilish, mavjud iqtisodiy muammolarni aniqlash hamda ularga amaliy yechimlar taklif etishga qaratil gan. Tadqiqotda nazariy hamda amaliy tahlil metodlari uygʻunlashtirilib, oʻzaro bogʻliq holda qoʻllan gan. Avvalo, mavzu boʻyicha ilgari yuritilgan ilmiy qarashlar, xorijiy va mahalliy