TO'QIMACHILIK KORXONALARIDA MEXNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Abstract
The article examines the efficiency of the use of labor resources in textile enterprises. The potential of labor resources is characterized. The provision of labor resources to the enterprise is analyzed, as well as ways to increase labor productivity are considered.
Keywords
enterprise, labor resources, production volume, labor productivity, personnel, profession, efficiency. Tо‘qimachilik korxonasining asosiy salohiyati xodim lardan iborat. Gʻoyalar qanchalik yaxshi bо‘lmasin, eng yaxshi texnika -texnologiyalar mavjud bо‘lmasin, malakali xodimlarsiz yuqori natijalarga erishib bо‘lmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson omilining ahamiyati doimiy ravishda jamiyat ega bо‘lgan har bir mehnat salohiyatining oshib borishi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham tо‘qimachilik korxonalarida xodimlar siyosatining ishlab chiqilishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki xodimlar siyosati orqali korxona kadrlarining barcha imkoniya tlari о‘rganib chiqilib, ularni tо‘gʻri joylashtirish yо‘llari ishlab chiqiladi, u orqali xodimlar holati tahlil etilib, ularning salohiyati aniqlanadi[1]. Mehnat resurslari salohiyati deganda korxonadagi xodimlarning о‘z qobiliyatlarini amalga oshira olish imkoniyatlari tushuniladi. Xodimlar salohiyatiga xodimlarning yoshi, jinsi, bilimi, malakasi, maʼlumoti, ish staji va boshqa kо‘plab omillar taʼsir qiladi . Ushbu omillarning taʼsirini tahlil etish orqali kadrlar salohiyatining holatini baholash mumkin. Umuman olganda, kadrlarni tahlil etishda № 10-SON OKTA BR, 2025 -YIL 437 dastlab korxonada kadrlarning tо‘gʻri joylashtirishni tahlil etish vazifalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu ish jarayonida asosiy eʼtibor xodimlarni oqilona va samarali taqsimlash, son va sifat jihatdan foydalanish masalalariga qaratiladi. Son jihatd an qaralganda, ishlovchilarning umuman korxona bо‘yicha yoki bо‘limlar bо‘yicha yetarliligi ishlab chiqarish vazifalarining hajmi va mehnat jamoasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sifat jihatdan esa, bajarilayotgan ishlarning murakkabl igiga, ishlovchilarning kasb -malakasining mos kelishi darajasiga qarab aniqlanadi. Korxonada ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, jamoaning har bir aʼzosi tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishning asosiy sharti — ish vaqtidan samarali foydalanishdir. Ish vaqtidan tо‘liq va oqi lona foydalanish mehnat faoliyatining samaradorligiga, mehnat jamoasining yuksak intizomi, texnik -iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘sishiga olib keladi. Ish vaqtidan foydalanishni baholashga kirishishdan avval, korxonaning kerakli malakali mutaxassis xodimlar bilan taʼminlanganligini kо‘rib chiqish kerak. 1-jadval 2023 -2024 yillarda “Lukbo tekstil” MCHJ korxonasida mehnat resurslari bilan taʼminlanganlik1 Xodimlar turkumi 2023 yil bо‘yicha 2024 yil reja bо‘yicha 2024yil hisobot bо‘yicha Hisobotga nisbatan foizlarda Reja bо‘yicha О‘tgan yilga nisbatan Jami 650 650 640 100 98, 4 Shu jumladan: Asosiy faoliyatda band b о‘lgan xodimlar 640 640 630 100 98, 4 Shundan: Ishchilar 532 532 526 100 98, 8 Xizmatchilar 108 108 104 100 96, 3 Shulardan: Rahbarlar 30 30 28 100 93, 3 Mutaxassislar 78 78 76 100 97, 4 Asosiy b о‘lmagan faoliyatda band xodimlar 10 10 10 100 100 Ishchi kadrlardan oqilona tarzda foydalanish ishlab chiqarish jarayonining tо‘xtovsizligini, ishlab chiqarish rejalarini va jarayonlarini jadal olib borishning asosiy shartidir. Ishchilarning son jihatdan taʼminlanganligi bilan bir qatorda, ularni sifat tarkibini ham о‘rganish lozim va u umumtaʼlim, kasb -malaka darajalari, jinsi yoshi va ishlab chiqarish ichki tuzilmalari bilan ifodalanadi. Ishchilarning kasb va malaka darajasining tahlili mutaxassislik va malakasi bо‘yicha haqiqatdagi sonini uchastka, brigada va butun ish hajmi turlari bо‘yicha 1 Manba: Korxona maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi. № 10-SON OKTA BR, 2025 -YIL 438 bajarishga kerak bо‘ladiganlar soniga solishtirish orqali amalga oshiriladi. Shunda har bir kasb bо‘yicha ishchilar tanqisligi yoki ortiqligi kelib chiqadi. Jadval maʼlumotlardan kо‘rinishicha, asosiy faoliyatda band bо‘lgan xodimlar soni hisobot yilida rejaga nisbatan 98, 0%ni, о‘tgan yilga nisbatan esa 97, 8%ni tashkil qildi. Ishchilar soni о‘tgan yilga nisbatan 97, 6%ni, rejaga nisbatan 96, 9%ni tashkil etgan, yaʼni 0, 7%ga qisqargan. Qolgan kategoriyalar bо‘yicha ham xodimlar sonining kamayishi kuzatiladi. Bu shuni bildiradiki, tahlil qilinayotgan korxonada ishlab chiqarishni rivojlantirish asosan ekstensiv omillar taʼsiri ostida bо‘lmoqda . Korxonaning ishchilar bilan taʼminlanganlik kо‘rsatkichlari, ulardan foydalanish darajasini tavsiflamaydi, ammo tabiiyki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga taʼsir etadigan asosiy omillardan hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi faqat ishchilar soniga bogʻliq emas, balki ish vaqti miqdori bilan aniqlanadigan ishlab chiqarishga sarflangan mehnatga, jamoa mehnatining samaradorligiga, uning unumdorligiga ham bogʻliq. Shuning uchun korxona mehnat jamoas ining ish vaqtidan samarali foydalanish omillarini ham о‘rganib chiqishimiz zarur. Korxonada ish vaqtidan foydalanish tahlilini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarish topshiriqlarini asoslanganligini tekshirib chiqish, ularni bajarish darajasini о‘rganib chiqish, ayrim ish turlarini bajarilishi maqsadga muvofiqligini belgilash, ish vaqtining yо‘qotilishini aniqlash, ularni sabablarini aniqlash, ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash yо‘llarini belgilash, kerakli chora -tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Mehnat unumdorligining mahsulot ishlab chiqarish hajmi kо‘rsatkichiga taʼsirini tahlil qilishda, uni oshirish sharoitlari, omillari va imkoniyatlarini farqlashimiz kerak. Mehnat unumdorligini oshirish bо‘yicha chora -tadbirlarga quyidagilar kiradi: jamoa ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, mehnatning ijtimoiy sharoitlari, ularning negizida, jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari tizimining rivojlanishi, ilmning rivojlanish darajasi. Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, me hnat unumdorligining о‘sish ichki imkoniyatlari deganda, mavjud bо‘lgan mehnat unumdorligini oshirish omillaridan eng yaxshi foydalanganlikni hisobga olgan holda, jamoa mehnatining (jonli va moddiylashgan) sarf -harajatlarini iqtisod qilishning ishga solinm agan ichki imkoniyatlarini tushunish kerak, boshqacha aytganda, erishilgan va maksimal erishish mumkin bо‘lgan mehnat unumdorligining darajasi о‘rtasidagi farq. Ishlab chiqarish kuchlarini о‘rganish va uning darajasini mehnat unumdorligi darajasi bilan solishtirish orqali shuni aniqlaymizki, ularning farqi 7, 58%ni tashkil qiladi. Bu farq, bir ishlovchiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini о‘sish ichki imkoniyati bо ‘lib, uni faqat ishlab chiqarishning texnik darajasini kо‘tarish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish orqali amalga oshirish mumkin[2]. О‘tkazilgan tahlil natijalari yana shuni ham kо‘rsatadiki, korxonada mehnat unumdorligining о‘sishi qayd qilingan 102% о‘rniga 102, 5%ni, ish vaqtini iqtisod qilish hisobiga mehnat unumdorligining о‘sishi esa 2, 3%ni tashkil qildi. № 10-SON OKTA BR, 2025 -YIL 439 Shunday qilib, har bir ishlovchiga tо‘gʻri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmining keyingi о‘sishi quyidagilarga bogʻliq: - ilmiy -texnik taraqqiyot bо‘yicha chora -tadbirlarni tatbiq etish, - ish vaqtining kunlab va smena ichidagi umumiy yо‘qotishlarining qisqarishi, - mahsulot ishlab chiqarish assortimentini va ishchi kadrlar tarkibiy tuzilishini takomillashtirish. Korxona samarali faoliyat yuritishi uchun mehnat resurs lari siyosati tizimining quyidagi ustuvor yо‘nalishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - korxonaning moliyaviy -iqtisodiy imkoniyatlarini tо‘liq о‘rganib chiqish, - korxona ish jarayonlarini har bir elementigacha о‘rganib chiqish, - korxona xodimlarining faoliyatini har bir ish bо‘yicha tadqiq etish, - tadqiq natijasida qaysi bо‘limda kamchiliklar mavjud bо‘lsa, ularni bartaraf etishni tashkil etish, - korxonaning qaysi bо‘lim ida kadrlar muammosi bо‘lsa, shu bо‘lim ga malakali va tajribali kadrlarni jalb etish, - korxonada xodimlar uchun va ularning oila aʼzolari uchun ijtimoiy va maishiy xizmat kо‘rsatish jarayonlarini tashkil etish, - korxona ijtimoiy infratuzilmasini takomillashtirish, - xodimlar faoliyati va takror ishlab chiqarishni tо‘gʻri yо‘lga qо‘yish uchun ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi, - xodimlar malakasini oshirish tizimini shakllantirish, - xodimlar xizmat martabasini imkoniyatlariga qarab kо‘tarilish imkoniyat larining mavjudligini tashkil etish, - kadrlar qо‘nimsizligini yuzaga keltiradigan barcha sabab va holatlarni bartaraf etish, - har bir xodimda korxonaning rivoji о‘zining kelajagi uchun manfaatli ekanligini bilishi va korxona uchun ishlash tuygʻusini shakllantirish. Bizning fikrimizcha, xodimlarni boshqarish xususiyatlari ilmiy asoslangan bо‘lishi lozim, bu xususiyatlarni biz qisman yuqorida kо‘rib, tahlil qilganmiz. Korxonalarda tadqiqot о‘tkazish davomida, biz xodimlarni boshqarish xususiyatlarini asosiylarini belgi lab о‘tishni joiz kо‘rdik: - korxonalarda ish bilan band xodimlar salohiyatini doimo rivojlantirish, xizmatchilarning kasb sohasidagi о‘sishini rejalashtirish, - korxonalarga, tarmoqga eng malakali mutaxassislarni jalb qilish, - tarmoqda ishlovchi xodimlarni kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirgan holda, lavozim bо‘yicha о‘sishini taʼminlash, - xodimlarga kasbiy taʼlim berish t izimini shakllantirish va rivojlantirish, - xodimlar tomonidan olinayotgan taʼlimni tashkil etish sifati va samaradorligini oshirish, - xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish, - kasb mahorati va mehnat samaradorligi о‘sishini doimo ragʻbatlantirish va boshqalar
References
- G.K.Abduraxmanova. Inson resurslarini boshqarish.Darslik. TDIU, T: - 2020, 728b.
- Yusupov S.Sh. Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion strategiyalari. Monografiya. -T.: «Lesson press», 2020. -218 bet.