O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BAHOLASHDA “WBL” INDEKSIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ayollar tadbirkorlik faoliyatini baholashda Jahon bankining Women, Business and the Law (WBL) indeksidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda WBL indeksi ayollarning iqtisodiy faolligiga ta’sir etuvchi huquqiy, institutsional va amaliy muhitni baholashning muhim xalqaro vositasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Indeks tarkibidagi asosiy yo‘nalishlar ayollar tadbirkorligining rivojlanish darajasini aniqlash, mavjud to‘siq va cheklovlarni baholash hamda davlat qo‘llab-quvvatlash siyosatining samaradorligini tahlil qilish nuqtai nazaridan yoritilgan. Maqolada WBL indeksi ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirib, ayollar tadbirkorlik faoliyatini kompleks baholash metodikasini takomillashtirish zarurati asoslangan. Tadqiqot natijalari ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Keywords
ayollar tadbirkorligi, ayollar tadbirkorlik faoliyati, WBL indeksi, ayollarning iqtisodiy faolligi, tadbirkorlikni baholash, huquqiy muhit, institutsional muhit, gender tengligi, davlat qo‘llab-quvvatlashi, xalqaro indekslar, tadbirkorlik samaradorligi
References
- 1.World Bank. Women, Business and the Law 2024. Washington, DC: World Bank, 2024.
- 2.World Bank. Uzbekistan Reaches the Ranks of Top Five Improvers in the World Bank’s Women, Business and the Law 2024 Study. Press release, March 4, 2024.
- 3.World Bank. Women, Business and the Law 2024: Uzbekistan, WBL 2.0 Pilot Data. Washington, DC: World Bank, 2024.
- 4. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlari. https://review.uz
- 5. Jahon bankining 2026 yilgi “Ayollar, biznes va qonun” hisoboti.
- 6.Raximova M.I. Ayollar tadbirkorlik faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)// Muhandislik&Iqtisodiyot. –Toshkent, 2025. –№12(643). –B.637-642.
- 7.Raximova M.I. Xalqaro tajribalar asosida ayollar tadbirkorligini barqaror rivojlantirish strategiyalari.// O’zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari. –Buxoro, 2025.
- 8.Raximova M.I. “Sanoat va ilm-fan: innovatsiyalarni rag‘batlantirish, texnologiyalar transferi va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida institutsional hamkorlik” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2025.