MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI MUSTAHKAMLASH VA HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH: OʻZBEKISTON HUDUDLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududlarida mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish oʻrtasidagi bogʻliqlik empirik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda 2023-2025-yillardagi rasmiy statistik maʼlumotlar, fiskal desentralizatsiya nazariyasi, qiyosiy tahlil, statistik guruhlash va dinamik qatorlar usullaridan foydalanildi. Hududlarning yalpi hududiy mahsuloti, oʻz daromadlari, moliyaviy mustaqilligi, transfertlarga bogʻliqligi va fiskal salohiyati baholandi. Natijalar hududlar oʻrtasida sezilarli fiskal tafovutlar mavjudligini, daromad bazasini diversifikatsiya qilish, koʻchmas mulk soligʻi salohiyatidan samarali foydalanish va raqamli soliq maʼmurchiligini rivojlantirish muhimligini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv mahalliy byudjet barqarorligini mustahkamlash va hududiy boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslash uchun amaliy asos yaratdi hamda hududiy rivojlanish dasturlarini moliyaviy imkoniyatlar bilan uygʻunlashtirish zarurligini asoslab berdi.

Kalit so'zlar

mahalliy byudjet, fiskal desentralizatsiya, hududiy rivojlanish, moliyaviy mustaqillik, transfertlar, fiskal salohiyat, soliq bazasi, hududiy tafovut.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Oates W.E. An Essay on Fiscal Federalism // Journal of Economic Literature. - 1999. - Vol. 37, No. 3. - P. 1120-1149.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. - https://lex.uz/docs/-7271094
  3. Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 24-dekabr OʻRQ-1011-son uchun “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni https://www.lex.uz/uz/docs/-7277618
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2024). Davlat byudjeti daromadlari va mahalliy byudjetlar ijrosiga oid rasmiy tahliliy hisobotlari (2023-2024 yillar).
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2026). 2025-yil yanvar-dekabr oylari tahlili. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Statistika qoʻmitasi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz/img/news/talil-2025-jil-yanvar-dekabr-lotin-_p29731.pdf
  6. Musgrave R.A. The Theory of Public Finance: A Study in Public Economy. - New York: McGraw-Hill, 1959. - 628 p.
  7. Bird R.M. Fiscal Decentralization in Developing Countries / Ed. by R.M. Bird, F. Vaillancourt. - Cambridge: Cambridge University Press, 1998. - P. 1-48.
  8. Bahl R., Bird R.M. Fiscal Decentralization and Local Finance in Developing Countries: Development from Below. - Cheltenham: Edward Elgar, 2018. - 512 p.
  9. Bird R.M. Subnational Taxation in Developing Countries: A Review of the Literature // Journal of International Commerce, Economics and Policy. - 2011. - Vol. 2, No. 1. - P. 139-161.
  10. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. - https://lex.uz/docs/-2304138
  11. Aliqulov S. Mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va manbalari. - Toshkent, 2024. - https://www.slideshare.net
  12. Oʻzbekiston hududlarining 2023-yildagi daromadlar va xarajatlari: byudjet taqchilligi qanday kechdi // Daryo.uz. - 2024-yil 3-aprel. - https://daryo.uz
  13. Oʻzbekistonning qaysi hududida eng yirik byudjet taqchilligi kuzatilgani ochiqlandi // Daryo.uz. - 2025-yil 5-avgust. - https://daryo.uz
  14. Mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va unda soliqlarning roli // Modern Science and Research. - 2025. - https://inlibrary.uz
  15. 2025-yildan tuman va shaharlar hokimliklariga qoʻshimcha vakolatlar beriladi // Gazeta.uz. - 2024-yil 23-dekabr. - https://www.gazeta.uz

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.