OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NEFT-GAZ SANOATI KORXONALARINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston neft-gaz sanoati korxonalarini global energiya oʻtishi sharoitida strategik rivojlantirish yoʻnalishlari oʻrganildi. Tahlil uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ materiallari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va sohaga oid meʼyoriy hujjatlardan foydalanildi. Tizimli yondashuv, qiyosiy va tarkibiy tahlil asosida korxonalar faoliyati qazib chiqarish, qayta ishlash, infratuzilma hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha guruhlandi. Modernizatsiya, energiya samaradorligi, chuqur qayta ishlash va investitsiyalarni jalb qilish masalalari oʻzaro bogʻliqlikda koʻrib chiqildi. Tarmoq istiqbollari energiya xavfsizligi va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish vazifalari bilan bogʻlab talqin qilindi. Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, uskunalarni yangilash, raqamli hisobni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish hamda korporativ boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.Kalit so'zlar
neft-gaz sanoati, strategik rivojlanish, energiya xavfsizligi, modernizatsiya, energiya samaradorligi, chuqur qayta ishlash, investitsiyalar, korporativ boshqaruv
Foydalanilgan adabiyotlar
- “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy hisobotlari va yillik tahliliy maʼlumotlari
- “Oʻzbekneftgaz” AJ. Aksiyadorlar uchun: hisobotlar [Elektron resurs]. URL: https://www.ung.uz/shareholders/reports/11/sub/28/1
- OECD. Energy Sector Investment and Market Liberalization. - Paris: OECD, 2022. URL: https://www.oecd.org
- OPEC. Annual Statistical Bulletin 2026. - Vienna: OPEC, 2026. URL: https://publications.opec.org/asb/about/2903
- International Energy Agency (IEA). Impacts of Middle East Conflict Set to Reshape Energy Investment Plans as Disruptions Put Focus on Security. - 2026. URL: https://www.iea.org/news/impacts-of-middle-east-conflict-set-to-reshape-energy-investment-plans-as-disruptions-put-focus-on-security
- Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligining rasmiy statistik toʻplamlari va maʼlumotlar bazasi. URL: https://www.stat.uz
- International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2023. - Paris: IEA, 2023
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-5841063
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-son “Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori https://lex.uz/docs/-4410278
- Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi OʻRQ-539-son “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-4346831
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.