TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA PORTFELLARIDA QIMMATLI QOGʻOZLAR TARKIBINING TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston tijorat banklari investitsiya portfellarining 2019-2024yillardagi hajmi, tarkibi va tuzilmaviy oʻzgarishlari “Ahbor-Reyting” reyting agentligining banklar kesimidagi maʼlumotlari asosida tahlil qilingan. Investitsiyalarning aktivlar, kreditlar, depozitlar va xususiy kapitaldagi ulushi, ularning banklar kesimidagi konsentratsiyasi (CR-indekslar va Herfindahl-Hirschman indeksi) hamda banklarning investitsiya faolligi darajasi boʻyicha guruhlanishi baholangan. Tadqiqot natijalariga koʻra, investitsiyalar hajmi besh yilda 19 barobar oshib, 57,1 trln soʻmga yetgan, ularning aktivlardagi ulushi 1,10 foizdan 7,42 foizga koʻtarilgan, portfel konsentratsiyasi esa pasayish tendensiyasiga ega. Shu bilan birga, investitsiyalarning xususiy kapitalga nisbati 49,8 foizga yetgani bank portfelidagi foiz riskini boshqarish talablarini kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqotda 30-35 ta tijorat bankining 2019-2024-yillardagi maʼlumotlari, CR-indekslar, HHI va modifikatsiyalangan durasiya usullari qoʻllanildi. 2024-yilda investitsiyalar ulushi 5 foizdan yuqori boʻlgan banklar soni 21 taga yetgani qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish aksariyat banklar uchun odatiy faoliyatga aylanganini koʻrsatadi. Maqolada investitsiya portfeli tarkibini oshkor qilish, foiz riskini stress-test orqali baholash va portfel durasiyasi boʻyicha limitlar belgilash yuzasidan takliflar berilgan.Kalit so'zlar
tijorat banki, investitsiya portfeli, qimmatli qogʻozlar, davlat obligatsiyalari, portfel tarkibi, konsentratsiya, Herfindahl-Hirschman indeksi, foiz riski
Foydalanilgan adabiyotlar
- Acharya, V. V., & Steffen, S. (2015). The “greatest” carry trade ever? Understanding eurozone bank risks. Journal of Financial Economics, 115(2), 215-236. https://doi.org/10.1016/j.jfineco.2014.11.004
- Basel Committee on Banking Supervision. (2013). Basel III: The liquidity coverage ratio and liquidity risk monitoring tools. Bank for International Settlements. https://www.bis.org/publ/bcbs238.htm
- Basel Committee on Banking Supervision. (2016). Interest rate risk in the banking book. Bank for International Settlements. https://www.bis.org/bcbs/publ/d368.htm
- Fabozzi, F. J. (2016). Bond markets, analysis, and strategies (9th ed.). Pearson
- Gennaioli, N., Martin, A., & Rossi, S. (2018). Banks, government bonds, and default: What do the data say? Journal of Monetary Economics, 98, 98-113. https://doi.org/10.1016/j.jmoneco.2018.04.011
- Jiang, E. X., Matvos, G., Piskorski, T., & Seru, A. (2024). Monetary tightening and U.S. bank fragility in 2023: Mark-to-market losses and uninsured depositor runs? Journal of Financial Economics, 159, 103899. https://doi.org/10.1016/j.jfineco.2024.103899
- Markowitz, H. (1952). Portfolio selection. The Journal of Finance, 7(1), 77-91. https://doi.org/10.1111/j.1540-6261.1952.tb01525.x
- Rhoades, S. A. (1993). The Herfindahl-Hirschman index. Federal Reserve Bulletin, 79(3), 188-189
- Rose, P. S., & Hudgins, S. C. (2013). Bank management & financial services (9th ed.). McGraw-Hill
- Tobin, J. (1958). Liquidity preference as behavior towards risk. The Review of Economic Studies, 25(2), 65-86. https://doi.org/10.2307/2296205
- «Ahbor-Reyting» RA. Ренкинг коммерческих банков на 1 января 2021 года // Аналитический обзор банковского сектора. - Ташкент, 2021
- «Ahbor-Reyting» RA. Ренкинг коммерческих банков на 1 января 2022 года // Аналитический обзор банковского сектора. - Ташкент, 2022
- «Ahbor-Reyting» RA. Рэнкинг коммерческих банков на 1 января 2024 года // Аналитический обзор банковского сектора. № 74. - Ташкент, 2024
- «Ahbor-Reyting» RA. Рэнкинг коммерческих банков на 1 января 2025 года // Аналитический обзор банковского сектора. № 78. - Ташкент, 2025
- Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyun OʻRQ-387-son “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/2662539
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-may PF-5992-son “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/4811025
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprel PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/5371091
- Abduvaliyev, S. (2026). Tijorat banklarining investitsiya siyosati va qimmatli qogʻozlar portfelini boshqarish strategiyalari. Muhandislik va iqtisodiyot, 4(4), 7-14. https://doi.org/10.5281/zenodo.19517549
- Ziyodullayeva, N. (2026, 15-sentabr). Oʻzbekistonda davlat qarzini boshqarish qanday amalga oshirilmoqda? OʻzA. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-davlat-qarzini-boshqarish-qanday-amalga-oshirilmoqda_909096
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2024). 2023-yil uchun yillik hisobot. Toshkent. https://cbu.uz
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.