MINTAQAVIY AGRAR ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH MEXANIZMLARINI MEHNAT UNUMDORLIGI VA YARATILGAN QOʻSHILGAN QIYMAT MEZONLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Tezisda mintaqaviy agrar ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini mehnat unumdorligi va yaratilgan qoʻshilgan qiymat mezonlari asosida takomillashtirishning nazariy-uslubiy jihatlari tadqiq etiladi. Hududlarning ishlab chiqarish salohiyati, resurslar unumdorligi va iqtisodiy natijadorligidagi tafovutlarni hisobga oluvchi differensiallashgan ragʻbatlantirish yondashuvi asoslanadi. Agrar qoʻshilgan qiymat va mehnat unumdorligi dinamikasini davlat qoʻllab-quvvatlashining natijaviy koʻrsatkichlari bilan integratsiyalashga asoslangan baholash mexanizmi taklif etiladi. Tahlil Statistika agentligining 2016-2024-yillar maʼlumotlari va Namangan viloyatining 2024-yil tumanlar kesimidagi koʻrsatkichlari asosida oʻtkazilgan. Bu davrda agrar yalpi qoʻshilgan qiymat nominal ifodada 3,65 barobar, ishlab chiqarish sanoatiniki 7,52 barobar oshgani, Namangan viloyati tumanlarida agrar ishlab chiqarishning oʻsish surʼati 0,1 foizdan 6,4 foizgacha farqlangani aniqlangan. Ushbu yondashuv budjet resurslarini samarali taqsimlash, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va hududiy agrar rivojlanishning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.Kalit so'zlar
mintaqaviy iqtisodiyot, agrar ishlab chiqarish, iqtisodiy ragʻbatlantirish, mehnat unumdorligi, qoʻshilgan qiymat, hududiy differensiatsiya, davlat qoʻllab-quvvatlashi, iqtisodiy samaradorlik, natijaviy subsidiya, agrar siyosat
Foydalanilgan adabiyotlar
- FAO. (2024). The State of Food and Agriculture 2024: Value-driven transformation of agrifood systems. Rome: FAO. https://doi.org/10.4060/cd2616en
- Gollin, D., Lagakos, D., & Waugh, M. E. (2014). The agricultural productivity gap. The Quarterly Journal of Economics, 129(2), 939-993. https://doi.org/10.1093/qje/qjt056
- OECD. (2024). Agricultural Policy Monitoring and Evaluation 2024: Innovation for sustainable productivity growth. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/74da57ed-en
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgust PF-130-son “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-7694880
- Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari: 2024-yil yanvar-dekabr (press-reliz). https://namstat.uz/images/Pres-Reliz/2024/Selhoz2024_dekabr.pdf
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Statistika axborot-tahlil tizimi (SIAT): qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat (1.01.01.0015 koʻrsatkichi). https://siat.stat.uz
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.