MAHALLALAR UCHUN UZOQ MUDDATLI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA STRATEGIYASI: ZAMONA VIY TENDENSIYALAR V A ISTIQBOLLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada mahallalarda raqamli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish zarurati va istiqbollari ilmiy asosda tahlil etilgan. Oʻzbekistonning mahalla boshqaruvi tizimlari Estoniya, Singapur, Yangi Zelandiya va boshqa ilgʻor davlatlar tajribasi b ilan qiyosiy tahlil qilingan. Mahallalarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlar shaffofligini taʼminlash va fuqarolik ishtirokini kuchaytirish boʻyicha turli indikatorlar asosida baholash orqali strategik yoʻnalishlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari uzoq muddatli, integratsiyalashgan va bosqichma - bosqich tarzda amalga oshiriladigan strategiyani shakllantirishga ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
mahalla, raqamli transformatsiya, e -hukumat, KPI tizimi, ochiq maʼlumotlar, kiberxavfsizlik, fuqarolik ishtiroki, sunʼiy intellekt