KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH VA BOSHQARUV MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va boshqaruv mexanizmini takomillashtirishning dolzarb masalalari oʻrganilgan. Kichik biznes iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etib, aholining bandligini taʼminlash, hudud larni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotning barqarorligini oshirishda asosiy vosita sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari faoliyatida raqobatbardoshlikni oshirish hamda boshqaruv tizimini zamonaviy talablarga mos ra vishda takomillashtirish zarurati mavjud. Tadqiqot Namangan viloyati misolida olib borilgan boʻlib, viloyatdagi kichik biznes subyektlarining joriy holati, rivojlanishini cheklovchi asosiy omillar aniqlanib, ularga qarshi samarali chora -tadbirlar taklif qi lingan. Bunda kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va huquqiy -meʼyoriy hujjatlar tahlil etilib, ularning samaradorligini oshirish yoʻllari belgilangan. Maqolada boshqaruv mexanizmlarini innovatsion yechimlar asosida takomillashtiri sh, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijalar kichik biznes subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va hududiy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda mu him ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar
kichik biznes, raqobatbardoshlik, boshqaruv mexanizmi, tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, innovatsiya, investitsiya
Adabiyotlar ro'yxati
- Porter, M. (1980). Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors . Free Press.
- Drucker, P. (2006). Innovation and Entrepreneurship: Practice and Principles . HarperBusiness.
- Kotler, P. (2003). Marketing Management . Pearson Education.
- Gʻafurov, U.V. (2020). Kichik biznesning boshqaruv mexanizmlari . Toshkent: Fan.
- Mullabayev, B.B. (2021). Hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanishini strategik boshqarish . Namangan: Namangan davlat universiteti.
- Qosimov, R. (2022). Kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyoti . Toshkent: Iqtisod -moliya.
- Namangan viloyati statistika boshqarmasi . (2023). Hududiy iqtisodiy koʼrsatkichlar yigʼindisi . Namangan.
- Namangan viloyati iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi. (2023). Tahliliy axborot byulleteni . Namangan.
- Namangan viloyati Moliya boshqarmasi. (2023). Moliyaviy faoliyat hisobotlari . Namangan.
- Namangan viloyati Bandlik boshqarmasi va Soliq qoʻmitasi. (2023). Ijtimoiy - iqtisodiy tahliliy maʼlumotlar . Namangan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 28 -yanvardagi PF –60- sonli farmoni "Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida".
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 -yil 21 -iyun PQ – toʻgʻrisida"gi Qarori https://lex.uz/docs/ -6654246
- World Bank. (2022). Doing Business Report . Washington D.C.: World Bank Publications.
- OECD. (2021). SME and Entrepreneurship Outlook . Paris: OECD Publishing.
- IFC. (2023). Access to Finance for Small Enterprises in Central Asia . International Finance Corporation.