OʻZBEKISTONDA TURIZM TARMOQLARINI SINERGETIK RIVOJLANTIRISH ASOSIDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda turizm tarmoqlarini sinergetik rivojlantirish asosida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Turizmning turli yoʻnalishlari — madaniy, ziyorat, agro -, eko -, gastronomik turizm oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik va ularni uygʻunlashtirish zarurati nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida sohaviy oʻsish koʻrsatkichlari, hududiy infratuzilma holati va investitsiyaviy faollik tahlil qilindi. Maqolada sinergetik boshqaruv modeli jor iy etishning institutsional, iqtisodiy va tashkiliy asoslari hamda amaldagi muammolarga yechim sifatida amaliy tavsiyalar taqdim etilgan. Xulosa sifatida, tarmoqlararo hamkorlikni kuchaytirish, resurslarni integratsiyalash, raqamli boshqaruvni joriy etish va hududiy turizmni klasterlar asosida rivojlantirish kabi yoʻnalishlar asosiy ustuvorlik sifatida belgilangan.
Kalit so'zlar
turizm, sinergetik rivojlanish, boshqaruv mexanizmi, tarmoqlararo hamkorlik, hududiy turizm, klaster modeli, infratuzilma, investitsiya, turizm yoʻnalishlari, iqtisodiy samaradorlik