IJTIMOIY INFRATUZILMANING AHOLI TURMUSH DARAJASI VA IJTIMOIY TENGSIZLIKKA TAʼSIRI
Annotatsiya
Tezisda ijtimoiy infratuzilmaning aholi turmush darajasi va ijtimoiy tengsizlikka taʼsiri nazariy va amaliy jihatdan yoritildi. Muallif inson kapitali nazariyasi, A. Senning imkoniyatlar yondashuvi hamda tengsizlikni oʻlchash usullarini umumlashtirib, taʼlim, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal va madaniyat muassasalarini aholining imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizim sifatida talqin etdi. Hududlarning shifokorlar bilan taʼminlanganligi va aholi jon boshiga daromadlar nisbiy taʼminlanganlik indeksi yordamida taqqoslandi, inson taraqqiyoti indeksi va maktabgacha taʼlim qamrovi koʻrsatkichlari rasmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Ijtimoiy infratuzilmadan inson kapitali orqali turmush darajasiga va tengsizlikning qisqarishiga olib boruvchi konseptual model taklif etildi. Natijada ijtimoiy xizmatlar taʼminoti respublika oʻrtachasidan past boʻlgan hududlarda tibbiyot kadrlari va maktabgacha taʼlim tarmogʻini ustuvor kengaytirish, hududiy monitoring tizimini joriy etish boʻyicha amaliy takliflar asoslab berildi. Takliflar hududlarning mutanosib ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan hududiy ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
ijtimoiy infratuzilma, turmush darajasi, ijtimoiy tengsizlik, inson kapitali, imkoniyatlar yondashuvi, Jini koeffitsienti, inson taraqqiyoti indeksi, hududlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Aschauer, D. A. (1989). Is public expenditure productive? Journal of Monetary Economics, 23(2), 177-200. https://doi.org/10.1016/0304-3932(89)90047-0
- Calderón, C., & Servén, L. (2004). The effects of infrastructure development on growth and income distribution (World Bank Policy Research Working Paper No. 3400). Washington, DC: World Bank. https://doi.org/10.1596/1813-9450-3400
- Schultz, T. W. (1961). Investment in human capital. The American Economic Review, 51(1), 1-17. https://www.jstor.org/stable/1818907
- Sen, A. (1999). Development as freedom. Oxford: Oxford University Press. https://global.oup.com/academic/product/development-as-freedom-9780192893307
- Shorrocks, A. F. (1980). The class of additively decomposable inequality measures. Econometrica, 48(3), 613-625. https://doi.org/10.2307/1913126
- Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. (2021). The level of provision of the population with medical workers. https://stat.uz/en/press-center/news-of-committee/10819-aholining-tibbiyot-xodimlari-bilan-ta-minlanganlik-darajasi-3
- UNDP. (2025). Human development report 2025. A matter of choice: People and possibilities in the age of AI. Statistical annex, Table 1. New York: United Nations Development Programme. https://hdr.undp.org/sites/default/files/2025_HDR/HDR25_Statistical_Annex_HDI_Table.pdf
- Wilkinson, R. G., & Pickett, K. E. (2006). Income inequality and population health: A review and explanation of the evidence. Social Science & Medicine, 62(7), 1768-1784. https://doi.org/10.1016/j.socscimed.2005.08.036
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (2023-yil 30-aprel referendumda qabul qilingan yangi tahriri). https://lex.uz/docs/6445145
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063
- 2024-yilda aholining real daromadlari oshdi, biroq hududlararo farq ortdi. Gazeta.uz, 2025-yil 5-fevral. https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/05/income/
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024-yilda qanday ishlar amalga oshirildi? Xalq taʼlimi axborot portali, 2024-yil 26-dekabr. https://xalqtaliminfo.uz/post/1021
- Yangi maktab va bogʻchalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlangʻich taʼlim sohasida nimalar oʻzgaradi? Gazeta.uz, 2024-yil 24-dekabr. https://www.gazeta.uz/oz/2024/12/24/education/