MINTAQAVIY AGLOMERATSIYALARDA YASHIL IQTISODIYOT TRANSFORMATSIYASINI JADALLASHTIRISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY MEXANIZMLARI

Tashkilot
University of Business and Science image/svg+xml , Urganch davlat universiteti image/svg+xml

Annotatsiya

Mazkur maqolada mintaqaviy aglomeratsiyalarda yashil iqtisodiyot transformatsiyasini jadallashtirishning institutsional va iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Aglomeratsiyalarning iqtisodiy konsentratsiyasi, resurslardan foydalanish samaradorligi, ekologik innovatsiyalar, yashil investitsiyalar va raqamli texnologiyalarning yashil transformatsiyadagi oʻrni asoslangan. Tadqiqotda davlat-xususiy sheriklik, yashil moliyalashtirish, ekologik infratuzilma, institutsional ragʻbatlantirish va hududlararo kooperatsiyani rivojlantirish ustuvor mexanizmlar sifatida baholangan. Aglomeratsiyalarning yashil rivojlanish salohiyatini oshirish, ekologik yuklamani kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni taʼminlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot Namangan viloyati, Namangan shahri va 11 ta tuman misolida 2017-2025-yillar rasmiy statistik maʼlumotlari asosida bajarilgan. Natijalar 2017-2024-yillarda sanoat ishlab chiqarishi qariyb 6,9 barobar oshganini, Namangan shahri, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tumanlari yashil transformatsiya salohiyati eng yuqori hududlar ekanini koʻrsatdi. Viloyatda yashil aglomeratsiya siyosatini “yadro - ikkilamchi markazlar - periferik hududlar” modeli asosida shakllantirish taklif etilgan.

Kalit so'zlar

mintaqaviy aglomeratsiya, yashil iqtisodiyot, yashil transformatsiya, ekologik innovatsiyalar, yashil investitsiyalar, institutsional mexanizm, yashil moliyalashtirish, ekologik infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik, barqaror rivojlanish


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Duranton, G., & Puga, D. (2004). Micro-foundations of urban agglomeration economies. In J. V. Henderson & J.-F. Thisse (Eds.), Handbook of regional and urban economics (Vol. 4, pp. 2063-2117). Elsevier. https://doi.org/10.1016/S1574-0080(04)80005-1
  2. Duranton, G., & Puga, D. (2020). The economics of urban density. Journal of Economic Perspectives, 34(3), 3-26. https://doi.org/10.1257/jep.34.3.3
  3. Geissdoerfer, M., Savaget, P., Bocken, N. M. P., & Hultink, E. J. (2017). The Circular Economy - A new sustainability paradigm? Journal of Cleaner Production, 143, 757-768. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2016.12.048
  4. International Resource Panel. (2019). Global Resources Outlook 2019: Natural resources for the future we want. Nairobi: United Nations Environment Programme. https://wedocs.unep.org/handle/20.500.11822/27517
  5. International Resource Panel. (2024). Global Resources Outlook 2024: Bend the trend - Pathways to a liveable planet as resource use spikes. Nairobi: United Nations Environment Programme. https://wedocs.unep.org/handle/20.500.11822/44901
  6. Jacobs, J. (1969). The economy of cities. New York: Random House
  7. Krugman, P. (1991). Geography and trade. Cambridge, MA: The MIT Press
  8. OECD. (2011). Towards green growth. OECD Green Growth Studies. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264111318-en
  9. OECD. (2022). Green economy transition in Eastern Europe, the Caucasus and Central Asia: Progress and ways forward. OECD Green Growth Studies. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/c410b82a-en
  10. OECD. (2025). Roadmap for sustainable investment policy reforms in Uzbekistan. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/20865f29-en
  11. Porter, M. E., & van der Linde, C. (1995). Green and competitive: Ending the stalemate. Harvard Business Review, 73(5), 120-134. https://hbr.org/1995/09/green-and-competitive-ending-the-stalemate
  12. Puga, D. (2010). The magnitude and causes of agglomeration economies. Journal of Regional Science, 50(1), 203-219. https://doi.org/10.1111/j.1467-9787.2009.00657.x
  13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabr PQ-4477-son “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/4539502
  14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabr PQ-436-son “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/6303230
  15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar PF-16-son “«Oʻzbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/7369703
  16. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Namangan viloyatining sanoat ishlab chiqarishi: press-reliz, 2025-yil yanvar-iyun. https://www.namstat.uz/images/Pres-Reliz/2025/Sanoat2025_Iyun.pdf
  17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2025). Rasmiy statistika maʼlumotlari: sanoat, investitsiyalar va aholi. https://stat.uz

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.