Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

IQTISODIY FAOLLIKNI BAHOLASHDA ILGʻOR YONDASHUVLAR HAMDA OʻZBEKISTONDA BIZNES FAOLLIGI INDEKSINI JORIY ETISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Tashkilotlar
a Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori , DSc
b Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi hamda
c Vestminster universiteti magistranti

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiy faollikni tezkor baholashda qoʻllaniladigan ilgʻor yondashuvlar hamda mamlakatimizda Biznes faolligi indeksini (BFI) joriy etishning metodologik va konseptual asoslari yoritiladi. Jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan Purchasing Managersʼ Index (PMI), IFO va Tankan kabi indekslar tahlili asosida BFI metodologiyasi ishlab chiqilgan. BFI rasmiy statistik maʼlumotlar kech shakllanishi sharoitida tezkor va real vaqtga yaqin axborotdan foydalanish orqali iqtisodiy jarayonlarda yuzaga keladigan dastlabki oʻzgarishlarni aniqlash imkonini yaratadi. Tadqiqotda ishlab chiqarish, yangi buyurtmalar, xodimlar soni, mahsulot zaxiralari va narxlar dinamikasi kabi indikatorlar asosida quyi indekslar shakllantiriladi hamda umumiy BFI yigʻma koʻrsa tkichi hisoblanadi. Olingan natijalar BFIning iqtisodiy sikllarning joriy bosqichlarini baholashda, hududlar kesimidagi biznes muhiti farqlarini aniqlashda hamda qisqa muddatli prognozlarni shakllantirishda samarali analitik vosita ekanini koʻrsatdi. Tadqi qot natijalari Oʻzbekistonda iqtisodiy muhitni muntazam monitoring qilish va iqtisodiy siyosat boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida BFIdan foydalanishning amaliy ahamiyatini asoslab beradi.

Kalit so'zlar

Biznes faolligi indeksi (BFI), PMI metodologiyasi, taklif, talab, bandlik, inflyatsiya


Adabiyotlar ro'yxati

  1. ISM (Institute for Supply Management) (2023). Purchasing Managersʼ Index (PMI) Report. ISM Publications.
  2. IHS Markit (2022). Global Manufacturing PMI: Methodology and Data. London: IHS Markit.
  3. JERC – Japan Economic Research Center (2019). Tankan Business Conditions Survey: Methodology Overview. Tokyo: JERC.
  4. Bańbura, M., Giannone, D. & Reichlin, L. (2011). Nowcasting. In: M. Clements & D. Hendry (eds.). Oxford Handbook on Economic Forecasting. Oxford: Oxford University Press.
  5. World Bank (2020). Global Economic Prospects. Washington, DC: The World Bank.
  6. IMF – International Monetary Fund (2021). World Economic Outlook. Washington, DC: IMF.
  7. Stock, J.H. & Watson, M.W. (1989). ‘New Indexes of Coincident and Leading Economic Indicatorsʼ. NBER Macroeconomics Annual, 4, pp. 351 –394.
  8. Aruoba, S.B., Diebold, F.X. & Scotti, C. (2009). ‘Real -Time Measurement of Business Conditionsʼ. Journal of Business & Economic Statistics, 27(4), pp. 417 –427.
  9. OECD – Organisation for Economic Co -operation and Development (2019). Business Tendency Surveys: A Handbook. Paris: OECD Publishing. № 1 2-SON DEKABR, 2025 -YIL ,

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.