OʻZBEKISTONDA TUROPERATORLAR FAOLIYATIDA MARKETINGNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Ijtimoiy hayotga XXI asr axborotlar asri boʻlib kirib keldi. Mamlakatlar oʻrtasida axborot almashinuvi yuqori darajada tezlashdi, iqtisodiy rivojlanish oxirgi yigirma yillikda oldingi yillarga qaraganda bir necha bor tezlashdi. Bunday tez rivojlanish turiz m sohasini ham chetda qoldirmadi. Turizm sohasida texnologik innovatsiyalarni qoʻllash orqali yetakchi mamlakatlar yuqori darajada daromad olishmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida turoperator tashkilotlari oʻzaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisholmaydi. Mamlakatimizda turistik imkoniyatlarni kengaytirishda turoperator tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, boshqa iqtisodiyot ta rmoqlarida boʻlgani kabi, turizm sohasida ham yetakchi rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda jahondagi keskin oʻzgarishlarga moslasha oladigan zamonaviy turizm sohasini rivojlantirishda xususiy tashkilotlar subyektlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad – dunyo mamlakatlari bilan mustaqil yurtimiz oʻrtasidagi oʻzaro ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirishda rivojlangan turizm sohasidan samarali foydalanishdir. Ushbu keys tadqiqotining maqsadi m amlakatimiz turizmi sohasidagi oʻzgarishlarni hamda tashrif buyurayotgan turistlarning motivatsiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi turoperatorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan turistik firmalarning zamonaviy faoliyatlarini oʻrganishdan iborat. Tadqiqotd a mamlakatimizga tashrif buyurgan 30 nafar xorijiy turistlarning intervyularidan maʼlumot toʻplash uchun sifat parametrlarini oʻrganish usulidan foydalanildi.
Kalit so'zlar
turoperator, turagent, tur -marshrut, turistik resurslar, joylashtirish obyektlari, transport xususiyatlari, motivatsiya, turist, sayohat
Adabiyotlar ro'yxati
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 13 -avgust PF-5781 -son " Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari toʻgʻrisida "gi Qarori.
- Sh. S. Sayfutdinov, M. Z. Nurfayziyeva. Turoperatorlik faoliyati . Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: "Iqtisodiyot", 2021.
- Ilina E. N. Turoperating : organizatsiya deyatelnosti . Oʻquv qoʻllanma. — M.: "Finansy i statistika", 2005.
- Statistika agentligi : https://stat.uz/uz/